3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar», 5010 «Kassa»  Kredit



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar», 5010 «Kassa» 
Kredit 4220 « Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar» 
Xodimlarga xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklarning analitik hisobi har bir 
xodim bo‘yicha olib boriladi. 
Chet elga xizmat safariga yuborilayotgan shaxslarga avanslar chet el valyutasida 
beriladi. Bunday avanslar summasini bankdan olinishi va berilishi maxsus Tartibga 
asosan amalga oshiriladi va hisobga olinadi.

4230 «Umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklar» - bu aktiv schyot
korxonaning o‘z xodimlariga umumxo‘jalik harajatlari uchun hisobot davri ichida bergan 
mablag‘larining holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Bunday bo‘naklar, 
odatda, mayda xo‘jalik buyumlarini naqd sotib olish va uchun xo‘jalik ishlari bo‘yicha 
moddiy javobgar bo‘lgan shaxslarga beriladi. Xodimlarga umumxo‘jalik maqsadlaridagi
bo‘naklar kassadan chiqim kassa orderlari asosida beriladi. Berilgan bo‘nak 
summalariga chiqim kassa orderlari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi: 
Debet 4230 «Umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklar» 
Kredit 5010 «Kassa»
Berilgan bo‘naklar xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda 
e’tiborga olinadi va xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisobotiga asosan yopiladi, ya’ni: 
Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 9420 
«Ma’muriy–boshqaruv harajatlari» , 1010-1090 «Materiallar schyotlari» va boshqalar 
Kredit 4230 «Umumxo‘jalik harajatlari uchun berilgan bo‘naklar» 
Agar berilgan bo‘nak summasi xodimning tasdiqlangan bo‘nak hisoboti 
summasidan ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, u holda ortiqcha berilgan summa korxona kassasiga 
qaytariladi yoki xodimning ish haqidan ushlab qolinadi, ya’ni: 
Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar», 5010 «Kassa» 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin