Fs = Nq x Fm : 100% : 365 x K Sotuvchiga haridor yoki buyurtmachi debitorlik qarzini o‘rniga veksellar berganda
quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 4020 “Olingan veksellar”
Kredit 4010 “ Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”
Oddiy va murakkab , foizli va foizsiz veksellar bo‘yicha shartnomaga asosan
hisoblangan foizlar summasiga quyidagi yozuvlar qilinadi:
Debet 4830 “ Olinadigan foizlar”
Kredit 9530 “ Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”
Veksellar qiymati va ular bo‘yicha foizlar kelib tushganda quyidagi yozuvlar
qilinadi:
Debet 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob –kitob schyoti” , 5210 «Mamlakat ichidagi
valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli
bank kreditlari» va boshqalar.
Kredit 4020 “Olingan veksellar”, 4830 “ Olinadigan foizlar”
•
4110 «Alohida ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar» va 4120 «Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar» -ushbu schyotlar
korxonaning alohida ajratilgan bo‘linmalari (filiallari va vakolatxonalari), shuningdek
uning ta’sis etilgan sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari bilan hisob –kitoblarining
holati va harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Ushbu schyotlarni yuritish tartibi 4010–
schyotni yuritish tartibiga to‘liq o‘xshashdir. Ta’minotchilar bilan olingan schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblarning hisobi. 21-
son BHMS ga muvofiq ta’minotchilarga tovar-moddiy boyliklar (TMB) va boshqa
aktivlar uchun, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan avans tariqasida
o‘tqazib berilgan mablag‘lar bo‘yicha hisob kitoblarning holati va harakati 4310
«Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o‘tqazib berilgan avanslar», 4320
«Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun o‘tqazilgan avanslar»
va 4330 «Boshqa berilgan avanslar» schyotlarida aks ettiriladi. Ushbu schyotlarning
debet tomonidagi yozuvlar ta’minotchilar va pudratchilarga kassadan (schyot № 5010),
hisob-kitob schyotidan ( schyot № 5110 ), valyuta schyotidan (schyot 5210,5220),
bankdagi ssuda schyotlaridan (schyot № 6810) o‘tqazib berilgan avans summalarini
ko‘rsatadi. Bu summalar ta’minotchilar va pudratchilardan TMB, boshqa aktivlar va
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
144
xizmatlarni olinishiga qarab ular olididagi kreditorlik qarzlarni yopilishiga yo‘naltiriladi
va bu buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: