3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»  Kredit



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Debet 6010 «Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» 
Kredit 4310 « Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o‘tqazib berilgan 
bo‘naklar», 4320 « Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun 
o‘tqazilgan bo‘naklar» , 4330 « Boshqa berilgan bo‘naklar». 
Import bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘lganda, avans tariqasida mavjud bo‘lgan 
debitorlik qarzlar bo‘yicha ijobiy va salbiy valyuta kurslari vujudga kelishi mumkin. 
Bunday farqlar xuddi 4010- schyotga o‘xshab buxgalteriya yozuvlari bilan mos ravishda 
moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad (schyot № 9540) va zararlar (schyot № 9620) ga 
olib boriladi. 
Agar ta’minotchi va pudratchilarga o‘tqazilgan bo‘naklar qaytarib olinsa, u holda 
quyidagi yozuvlar qilinadi: 
Debet 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob –kitob schyoti” , 5210 «Mamlakat ichidagi 
valyuta schyotlari», 5220 «Chet ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli 
bank kreditlari» va boshqalar 
Kredit 4310 « Ta’minotchilar va pudratchilarga TMB uchun o‘tqazib berilgan 
bo‘naklar», 4320 « Ta’minochilarga va pudratchilarga uzoq muddatli aktivlar uchun 
o‘tqazilgan bo‘naklar» , 4330 « Boshqa berilgan bo‘naklar». 
7..3. Xodimlarga berilgan bo‘naklarning hisobi 
 
Korxonalar o‘zlarining xodimlariga turli maqsadlarda bo‘nak tariqasida 
mablag‘larni berishlari mumkin, masalan ish haqi bo‘yicha, qiladigan safari bo‘yicha, 
tayyorlov maqsadida va boshqa maqsadlarda. Bunday debitorlik qarzlari bo‘yicha hisob-
kitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi: 

4210 “Ish haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar” – bu aktiv schyot korxonaning 
o‘z xodimlariga ish haqi bo‘yicha hisobot davri ichida bergan mablag‘larining holati va 
harakatini aks ettirishga mo‘ljallangan. Xodimlarga ish haqi bo‘yicha bo‘naklar kassadan 
to‘lov qaydnomalari asosida beriladi. Umumiy berilgan bo‘nak summasiga to‘lov
qaydnomalari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi: 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin