3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Tovar operatsiyalari bo‘yicha olinadigan schyotlarning hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

7.2.Tovar operatsiyalari bo‘yicha olinadigan schyotlarning hisobi 
 
Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar hisobi. Haridor va 
buyurtmachilar bilan olinadigan schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblarning hisobi 21-son 
BXMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi: 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


142 

4010 “Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” – bu aktiv schyot
korxonaning haridorlari va buyurtmachilari bilan jo‘natilgan tovar-moddiy boyliklar
bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni naqd va naqdsiz pul 
ko‘chirish yo‘llari bilan olib borishda qo‘llaniladi. Unda olinadigan schyotlarning holati 
va harakati aks ettiriladi. Olinadigan schyotlarni vujudga kelishiga jo‘natilgan tovar-
moddiy boyliklarni, bajarilgan ishlar va xizmatlarni haqiqatda amalga oshirilganligini 
ifodalovchi boshlang‘ich hujjatlar ( schyot-fakturalar, dalolatnomalar ) asosida quyidagi 
buxgalteriya yozuvlari qilinadi: 
Debet 4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “
Kredit 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar», 9020 
«Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030 «Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan 
xizmatlardan olingan daromadlar», 9210 «Asosiy vositalarning chiqimlari», 9220 
«Boshqa aktivlarning chiqimlari».
Chet el valyutalarida xorijiy mamlakatlarga eksport qilingan mahsulotlar, tovarlar, 
ish va xizmatlar uchun muddatida kelib tushmagan debitorlik qarzlar bo‘yicha ijobiy 
kurs farqlari vujudga kelishi mumkin. Bunday kurs farqlari milliy valyuta hisobida 
xorijiy haridor va buyurtmachilarning korxona oldidagi debitorlik qarzlarini ko‘paytiradi
va u quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi: 
Debet4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar “ 
Kredit 9540 «Valyuta kurslaridagi farqlardan olingan daromadlar» 
Olinadigan schyotlar haridor va buyurtmachilardan oldindan olingan avans 
summalari evaziga, shuningdek debitorlik qarzlar naqd va naqdsiz yo‘llar bilan 
keyinchalik kelib tushgandan so‘ng yopiladi, ya’ni: 
Debet 6310 «Haridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar», 5010 «Kassa», 
5110»Hisob-kitob schyoti», 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari», 5220 «Chet 
ellardagi valyuta schyotlari», 6810 « Qisqa muddatli bank kreditlari» va boshqalar. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin