5820 « Berilgan qisqa muddatli qarzlar» -ushbu schyotda boshqa yuridik
shaxslarga shartnoma asosida berilgan qisqa muddatli qarzlarning holati va harakati
(berilishi debetida, qaytarilishi kreditida) pul mablag‘lari schyotlari bilan
korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. •
5890 «Boshqa joriy investitsiyalar» -ushbu schyotda banklardagi turli depozit
schyotlarga qo‘shimcha daromad olish maqsadida qo‘yilgan pul mablag‘larining holati va
harakati (qo‘yilishi debetida, qaytarilishi kreditida) pul mablag‘lari schyotlari bilan
korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari 1.Kassa xo‘jaligi uchun ma’sul a) Kassir
b) Bosh hisobchi
v) Rahbar
g) Kadrlar bo‘yicha inspector
2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri a) Pul mablag‘lari milliy valyutada hisobga olinadi
b) Pul mablag‘lari chet el valyutasida hisobga olinadi
v) Pul mablag‘lari har ikkala valyutada balansda aks ettiriladi
g) Pul mablag‘lari hohlagan valyutada hisobga olinadi
3.Quyidagilarning qaysi birida sotishdan olingan daromadni ifodalaydi? a) Debet 5010 Kredit 4010
b) Debet 5010 Kredit 9020
v) Debet 5110 Kredit 5010
g) Debet 5110 Kredit 4010
4.Quyidagilarni qaysi biri hisob-kitob schyotidan pul mablag‘larini korxonaning ruxsatisiz o‘ndirib olishi mumkin? a) Haridorlar
b) Xodimlar
v) Davlat organlari
g) Ta’sischilar
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
139
5. Valyuta kursi farqlarini kim aniqlaydi? a) Kassir
b) Bank xodimi
v) Buxgalter
g) Direktor
6. Pul mablag‘lari schyotlari: a) Doimiy schyotlar
b) Passiv schyotlar
v) Tranzit schyotlar
g) Kontrpassiv schyotlar.