3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

YIII - bob. 
KORXONA MAJBURIYATLARINING HISOBI
 
 
 
8.1.Majburiyatlarning turlari, baholanishi 
va ular hisobining vazifalari 
 
Majburiyatlar, birinchi bobda aytib o‘tilganidek, korxonaning boshqa yuridik va 
jismoniy shaxslar oldidagi qarzlarini bildiradi. Majburiyatlarni to‘lanadigan schyotlar 
ham deb ataydilar. Majburiyatlar yoki to‘lanadigan schyotlar deb tan olinishi uchun ular 
quyidagi shartlarga javob berishi lozim: 

Majburiyatlar yuz berib o‘tgan voqea va hodisalar, xo‘jalik operatsiyalari natijasi 
bo‘lib hisoblanishi kerak. Masalan, korxonaning ta’minotchilar oldidagi majburiyatlari
ulardan tovar-moddiy boyliklarni to‘lovni kelgusida amalga oshirish sharti bilan 
olinganligi natijasida vujudga keladi yoki korxonaning o‘z xodimlari oldidagi qarzi 
ularga qilgan mehnatlari uchun ish haqini hisoblanishi natijasida paydo bo‘ladi.

Majburiyatlar summasi aniq o‘lchanadigan va shubha tug‘dirmaydigan bo‘lishi 
kerak. Majburiyatlar summasini o‘lchash ularni yuz bergan vaqtida namoyon bo‘lgan 
haqqoniy qiymatlarida, kelgusi davrlarda esa valyutalar kurslaridagi o‘zgarishlar bilan 
qayta hisoblangan diskontlangan qiymatlarda baholash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Majburiyatlarning shubha tug‘dirmasligi ularning hujjatli asosga ega bo‘lishligi bilan 
kafolatlanadi. 

Majburiyatlar ni vujudga keltirgan xo‘jalik munosabatlari, aktivlar, bajarilgan 
ishlar va xizmatlar kelgusida korxonaga iqtisodiy manfaat olib kelishi lozim. 

Majburiyatlarni hisobda turishi va hisobdan chiqarilishi, qaytarilishi yoki 
to‘lanishi vaqt bo‘yicha chegeralangan bo‘lishi kerak. Belgilangan muddatlarda 
qaytarilmagan majburiyatlar korxonaga jarimalar to‘lash natijasida qo‘shimcha zararlar 
keltirishi va qo‘shimcha majburiyatlarni vujudga kelishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Korxonalarning majburiyatlarini turli belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


154 
Muddatiga ko‘ra korxona majburiyatlari uzoq va qisqa muddatli turlarga bo‘linadi. 
Uzoq muddatli majburiyatlarga bir yildan ko‘p muddatga olingan bank kreditlari va 
boshqa shaxslardan olingan qarzlar kiradi. Qisqa muddatli majburiyatlarga muddati bir 
yildan oshmaydigan barcha boshqa qarzlar (to‘lanadigan schyotlar) kiradi. 
Harakteriga ko‘ra barcha majburiyatlar tovar harkteridagi va notovar harakteridagi 
majburiyatlarga bo‘linadi. Tovar harakteridagi majburiyatlarga ta’minotchilar va 
pudratchilar oldidagi qarzlar, haridorlardan olingan avanslar bo‘yicha qarzlar qiradi. 
Notovar harakteridagi majburiyatlarga korxonaning ish haqi, sug‘urta, soliq va ajratmalar 
bo‘yicha qarzlari, ta’sischilar va boshqa kreditorlar oldidagi qarzlari kiradi. 
To‘lov muddatiga ko‘ra majburiyatlar joriy va muddati uzaytirilgan majburiyatlarga
bo‘linadi. Joriy majburiyatlarga hisobot davr tugashi bilan to‘lanadigan qarzlar, masalan, 
ish haqi, ish haqi fondidan ajratmalar va ushlanmalar, soliqlar va boshqa to‘lovlar 
bo‘yicha qarzlar kiradi. Muddati uzaytirilgan majburiyatlarga to‘lov muddati hukumat 
yoki turli kreditorlar tomonidan ma’lum vaqtgacha kechiktirilgan qarzlar, masalan 
soliqlar, majburiy ajratmalar va boshqa to‘lovlar, kiradi.
Majburiyatlar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: 

Majburiyatlarni asosli tan olish va real baholash;

Majburiyatlarni vujudga kelishi va qoplanishini o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan
to‘g‘ri rasmiylashtirish; 

Majburiyatlarni mazmuni, harakteri va boshqa belgilari bo‘yicha ular uchun 
ko‘zda tutilgan schyotlarda aks ettirish; 

Majburiyatlarning holati va harakati ustidan doimiy nazoratni olib borish; 

Majburiyatlarni o‘z vaqtida uzish, to‘lov muddatini o‘tib ketmasligi ustidan 
doimiy nazorat qilish; 

Voz kechilgan va da’vo muddatlari o‘tib ketgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va 
to‘g‘ri korxona daromadlariga olinishini nazorat qilish; 

Majburiyatlar bo‘yicha foizlarni to‘g‘ri hisoblash va korxona harajatlariga o‘z 
vaqtida kiritib borish

Majburiyatlar bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli organlarga 
yetqazish va boshqalar. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin