161
Hisob-to‘lov qaydnomasida yoki ish haqi bo‘yicha yuritilgan kitobda hisobot davri
boshidagi qarz, shuningdek hisoblangan jami ish haqi va jami ish haqidan ushlanmalar
asosida har bir xodim bo‘yicha hisobot
davrining oxiridagi qarz, ya’ni korxonaning
xodimga bo‘lgan yoki xodimning korxona
oldidagi qarzi, aniqlanadi.
Ish haqini berish tizimlari. Xodimlarga ish haqini berishning ikkita tizimi mavjud:
•
Avansli tizim – ushbu tizim asosan vaqtbay ishlovchi xodimlar uchun
qo‘llaniladi. Unga muvofiq to‘liq ishlagan xodimlarga hisobot oyning birinchi yarimi
uchun belgilangan ish haqining 50 foizigacha avans beriladi. Avans kassadan to‘lov
qaydnomalariga asosan beriladi.
•
Avanssiz tizim –ushbu tizimda ish haqi bo‘yicha korxonaning qarzi faqat hisobot
oyi tugagandan so‘ng to‘lov qaydnomalariga asosan beriladi.
Bankdan ish haqi uchun olingan pul mablag‘lari kassadan
olingan kundan boshlab
uch kun ichida tarqatiladi. Ushbu muddatda olinmagan ish haqi
deponentlangan ish
haqi deb ataladi, u alohida qaydnomaga ko‘chirilib yoziladi va bankga topshiriladi.
Deponentlangan ish haqlari xodimlarning talabiga ko‘ra bankdan darhol olib kelinishi va
tarqatilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: