3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Ishbay ishlovchilar uchun



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Ishbay ishlovchilar uchun – bajarilgan ishlarning hajmini tasdiqlovchi hujjatlar ( 
naryadlar, ma’lumotnomalar, hisobotlar, dalolatnomalar va boshqalar), bir birlik ish 
uchun belgilangan ish haqi me’yori, ishga chiqish hisobi tabeli ( ishni kollektiv tarzda 
bajaruvchilar uchun). 

Vaqtbay ishlovchilar uchun – shtat jadvali, ishga chiqish hisobi tabeli 

Mehnat ta’tilini hisoblash uchun – buyruq, xodimning ish haqi bo‘yicha 
buxgalteriyada yuritilgan shaxsiy schyoti varag‘i. 

Vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganlikda beriladigan nafaqani
hisoblash uchun – kasallik varaqasi, kasaba uyushma qo‘mitasining qarori va xodimning
ish haqi bo‘yicha buxgalteriyada yuritilgan shaxsiy schyoti varag‘i. 
Asosiy ish haqini hisoblash tartibi. Ishbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga 
asosiy ish haqi summasi uning haqiqatda bajargan ish hajmini bir birlik ish uchun 
belgilangan ish haqi me’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Masalan, ishchi oy 
maboynida 100 dona mahsulot ishlab chiqardi. Bir birlik mahsulot uchun ish haqi 
me’yori –300 so‘m. Ishchiga hisoblanadigan ish haqi summasi bu holda 30000 so‘mni ( 
100x 300) tashkil etadi. 
Vaqtbay ish haqi shaklida ishlovchi xodimga asosiy ish haqi summasi uning 
haqiqatda ishlagan soatlari yoki kunlari sonini bir soatlik yoki bir kunlik o‘rtacha ish 
haqiga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Masalan, buxgalterning shtat jadvali bo‘yicha 
maoshi –30000 so‘m. Yanvar oyida u 15 kun to‘liq ishladi, qolgan kunlar uchun kasallik 
varaqasini taqdim etdi, uning mehnat staji –4 yil, bolalarining soni –2 ta. Yanvar oyidagi 
kalendar ish kunlari soni –25. Buxgalterga asosiy ish haqi hisoblash uchun bir kunlik 
o‘rtacha ish haqi summasi topiladi. Bizning misolimizda u 1200 so‘m ( 30000 : 25 ). 
Buxgalterning haqiqatda ishlagan kunlariga hisoblanadigan ish haqi summasi 18000 so‘m 
( 1200 x 15). 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin