3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Ta’minotchilar va haridorlar oldidagi majburiyatlarning hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

8.3.Ta’minotchilar va haridorlar oldidagi majburiyatlarning hisobi 
 
Ta’minotchilar oldidagi majburiyatlar ulardan TMB, uzoq muddatli aktivlar, turli 
ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni va oxirgi to‘lovlarni keyinchalik amalga 
oshirganda vujudga keladi. Haridorlar oldidagi majburiyatlar esa ulardan hali 
jo‘natilmagan TMB lar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni avans tariqasida oldindan 
olib qo‘yilganda vujudga keladi. 21- son BHMS ga muvofiq bunday tovar harakteridagi 
majburiyatlar hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi: 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


156 

6010 “ Ta’minotchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” 

6020 “Berilgan veksellar” 

6110 “ Alohida ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotllar” 

6120 “ Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar” 

6310 “Haridor va buyurtmachilardan olingan avanslar” 
Ushbu passiv schyotlarning kreditida ta’minotchi va haridorlar oldidagi 
majburiyatlarning vujudga kelishi, ularni ko‘payishi va oxirgi qoldiqlari, debetida esa 
majburiyatlarni uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarni vujudga kelishida uzoq muddatli 
aktivlar schyotlari (0110-0190,0410-0490,0710,0810-0890), TMZ schyotlari (1010-
1090,1110-1120,2010,2310,2510,2810,2910-2990), 
davr 
harajatlari 
schyotlari 

9410,9420,9430) va boshqa schyotlar debetlanadi. Majburiyatlarni uzilishida pul 
mablag‘lari schyotlari (5010,5110,5510-5530,5210,5220), kredit va qarzlar schyotlari ( 
6810,6820,7810,7820) va boshqa schyotlar kreditlanadi. Ta’minotchilar va haridorlar 
bilan hisob-kitoblarning analitik hisobi ularning har biri bo‘yicha alohida yuritiladi. 
8.4.Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarning hisobi 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjetga to‘lovlari bo‘lib asosan soliqlar va 
yig‘imlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida soliq va yig‘imlarni hisoblash va 
to‘lash tartiblari Soliq Kodeksi va har bir soliq to‘lovlari bo‘yicha tasdiqlangan 
yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan. 
Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan barcha soliq to‘lovlarini to‘rtta guruhga 
ajratish mumkin: 

Korxonalarning oborotidan olinadigan soliqlar – ularga aksiz solig‘i, QQS va 
eksport bo‘yicha bojxona to‘lovlari kiradi. 

Korxonalarning boshqa operatsion harajatlariga kiritiladigan soliqlar –ularga mol-
mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun 
soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kiradi. 

Korxonalarning daromadi (foydasi) dan olinadigan soliqlar – ularga daromad 
(foyda) solig‘i, yalpi tushumdan yagona soliq,, yagona yer solig‘i, infrastrukturani 
rivojlantirish solig‘i kiradi.

Jismoniy shaxslar daromadlaridan ushlanadigan soliq.
21- son BHMS ga muvofiq byudjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarning 
hisob-kitoblari 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyotida 
hisobga olinadi. Korxonalar o‘zlarining ishchi schyotlar rejasida har bir soliq turiga 
alohida schyotlarni, masalan, 6411 “ Byudjetga QQS bo‘yicha qarz”, 6412 “Byudjetga 
aksiz bo‘yicha qarz” va shu kabi boshqa schyotlarni, ochishlari mumkin. Ushbu passiv 
schyotlarning kreditida soliq to‘lovlari bo‘yicha byudjet oldidagi majburiyatlarning 
vujudga kelishi, ularning ko‘payishi va oxirgi qoldiqlari, debetida esa byudjetga 
to‘lovlarni kamaytirilishi va o‘tqazib berilishi aks ettiriladi. Soliqlar bo‘yicha 
majburiyatlar ular bo‘yicha tuzilgan hisob-kitoblarga asosan hisoblanadi va quyidagicha 
aks ettiriladi: 

Aksiz solig‘i, QQS va eksport bo‘yicha bojxona boji summasiga 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin