3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblarning hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

 
8.7.Boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblarning hisobi 
 
Korxonalarning boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblarining hisobi 21- son BHMS 
ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi: 

6610 “To‘lanadigan dividendlar” – ushbu passiv schyotda korxonaning 
aksionerlari va ta’sischilariga hisoblangan dividendlar bo‘yicha majburiyatlarining holati 
va harakati hisobga olinadi. Schyotning kreditida dividendlarni hisoblanishi ( 8710 “ 
Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi ( qoplanmagan zariri) “ schyotining debeti
bilan korrespondensiyalashgan holda), debetida esa dividendlarni berilishi (pul 
mablag‘lari schyotlari bilan korrespondensiyalangan holda) aks ettiriladi. Dividendlarga 
doir majburiyatlarning analitik hisobi har bir aksioner yoki ta’sischi bo‘yicha yuritiladi. 

6620 “ Chiqib ketgan ta’sischilarga ularning hissasi bo‘yicha qarz”ushbu 
passiv schyotda korxonaning ta’sischilar safidan chiqib ketgan ta’sischilariga kiritgan 
ulushini qaytarib berish bo‘yicha majburiyatlarining holati va harakati hisobga olinadi. 
Schyotning kreditida va 8330 “ Pay va badallar “ schyotining debetida safdan chiqib 
ketgan ta’sischiga bo‘lgan qarz, debetida esa ushbu qarzni uzilishi (pul mablag‘lari va 
boshqa aktivlarni hisobga olishga mo‘ljallangan schyotlar bilan korrespondensiyalangan 
holda) aks ettiriladi. Tahsischilarga qarzlarga doir majburiyatlarning analitik hisobi har 
bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi. 

6910 “To‘lanadigan qisqa muddatli ijara”- ushbu passiv schyotning kreditida 
qisqa muddatga olingan ijara uchun qarzlarning hisoblanishi, debetida esa ushbu qarzni 
uzilishi aks ettiriladi. Ijaraga olingan mulkni foydalanish maqsadiga qarab hisoblangan 
ijara haqiga ishlab chiqarish harajatlari schyotlari ( 2010,2310,2510 ) yoki davr 
harajatlari schyotlari debetlanadi (9410,9420). Ijara bo‘yicha qarzlar uzilganda pul 
mablag‘lari schyotlari ( 5010,5110,5210 va boshqalar ) kreditlanadi. Ushbu schyotning 
analitik hisobi har bir ijaraga beruvchi bo‘yicha yuritiladi. 


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin