8300 « Ustav kapitali» – davlat korxonalarida; •
8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» –aksionerlik jamiyatlarida •
8330 «Pay va badallar» – xususiy va kollektiv o‘rtoqchilik korxonalarida (xususiy savdo va ishlab chiqarish korxonalarida, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, xorijiy korxonalarda, sho‘’ba korxonalarida, qaram xo‘jalik jamiyatlarida). Ushbu schyotlarning barchasi passiv schyotlar bo‘lib, ularning kreditida ustav
kapitalini vujudga kelishi va ko‘payishi, debetida esa uning kamayishi aks ettiriladi.
Ustav kapitali korxona ta’sis etilgan sanada, ya’ni davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanada,
vujudga keladi va u buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:
Debet 4610 « Ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo‘yicha qarzi»
Kredit 8300 «Ustav kapitali», 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar»,
8330 «Pay va badallar».
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan aksionerlik jamiyatlarida oldingi
mavjud ustav kapitali va yangi ustav kapitali o‘rtasidagi farq gudvil deb atalib,
nomoddiy aktiv sifatida hisobga olinadi va quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0480 “Gudvil”
Kredit 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar»
Keyingi davrlarda korxonalarning ustav kapitalini ko‘payishi ta’sischilar safini
kengayishi yoki oldingi ta’sischilarning hissalarini oshirilishi, aksionerlik jamiyatlarida
esa yangi aksiyalarning chiqarilishi yoki oldingi aksiyalarning nominal qiymati
oshirilishi evaziga yuz beradi. Ustav kapitalining bunday yo‘llar bilan ko‘payishi ham
yuqorida keltirilgan birinchi yozuv bilan hisobga olinadi. Davlat korxonalarida ustav
kapitalini hisobot yilning sof foydasi evaziga ko‘payishi quyidagi yozuv bilan aks
ettiriladi:
Debet 8710 “Hisobot yilning taqsimlanmagan foydasi(qoplanmagan zarari)”
Kredit 8300 «Ustav kapitali»
Ustav kapitalining kamayishi o‘rtoqchilik jamiyatlarida ta’sischilarning hissalarini
kamaytirilishi yoki ularni ta’sischilar safidan chiqarilishi, aksionerlik jamiyatlarida esa
mavjud aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirilishi yoki aksiyalar sonini kamayishi
evaziga yuz beradi. Davlat korxonalarida ustav kapitali summasi hisobot yilning
qoplanmay qolingan zararlariga kamayadi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
170
Ustav kapitalini kamayishi hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
•
Ta’sischilarning hissalari kamaytirilganda yoki ayrim ta’sischilar o‘z hissalari
bilan ta’sischilar qatoridan chiqib ketganda: