Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»-50000 sum
Kredit 9310 «Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda»-50000 sum
Asosiy vositalarni bepul berilishining hisobi. Korxonaning asosiy vositalari
boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga bepul hayriya sifatida ham berilishi mumkin.
Asosiy vositalarning bepul berilishi shartnomada ko‘rsatilgan qiymatda schet-faktura
bilan rasmiylashtiriladi. Schet-faktura asosida qo‘yidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
1. Bepul berilgan asosiy vositani boshlang‘ich qiymatida hisobdan chiqarilishiga: Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»
Kredit 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
2. Asosiy vositalar eskirishini hisobdan chiqarilishiga Debet 0210-0290 «Asosiy vositalar eskirishi hisobi schetilari»
Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»
3. Bepul berishdan ko‘rilgan zararga Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar»
Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»
Soliq Kodeksiga muvofiq (22-modda) asosiy vositalarni bepul berishdan ko‘rilgan
zarar soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladi.
Asosiy vositalarni ta’sis badali sifatida berilishining hisobi.Korxonalar asosiy
vositalarini ta’sis badali sifatida boshqa korxonalarga berishlari ham mumkin. Buning
uchun asos bo‘lib ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi va boshqalar) hisoblanadi.
Asosiy vositani ta’sis badali sifatida berilishi schet-faktura bilan rasmiylashtiriladi va
uning asosida qo‘yidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
1. Ta’sis badali sifatida berilgan asosiy vositaning kelishuv qiymatiga Debet 0620-0690 «Uzoq muddatli investitsiyalar hisobi schetlari»
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com