Lizing oluvchi –bu egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo‘yicha
lizing ob’ektini olayotgan shaxs (sub’ekt).
Sotuvchi – bu lizing beruvchiga lizing ob’ektini sotgan shaxs (sub’ekt).
Lizing ob’ekti –bu iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan,
korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari
hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk. Yer uchastkalari va boshka tabiat ob’ektlari,
shuningdek erkin muomalada bo‘lishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan yoki muomalada
bo‘lishining maxsus tartibi belgilangan mol-mulk ( masalan, harbiy texnika, qurol-
aslahalar, xom-ashyo va materiallar, tovarlar, pul mablag‘lari, qimmatli kog‘ozlar va shu
kabilar) lizing ob’ekti bo‘lishi mumkin emas.
Lizing moliyaviy va operativ ( joriy ) lizingga bo‘linadi.
Moliyaviy lizing –bu lizingni shunday turi bo‘lib, unda lizing ob’ektiga mulkiy
huquq va undan kelib chiqadigan risk va manfaatdorlikning asosiy qismi lizing
shartnomasiga muvofiq lizing oluvchiga o‘tadi. Lizingni ushbu turida lizing shartnomasi
muddatini tugashi bilan lizing ob’ekti lizing oluvchining mulkiga o‘tadi, agarda
shartnomada boshqa holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa. Moliviy lizing deb tan olinish uchun
lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
•
lizing muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulkiga o‘tsa;
•
lizing shartnomasi muddati lizing ob’ektining xizmat muddatidan 80 % dan
ortig‘ini tashkil qilsa yoki lizing shartnomasi muddati tugagach, lizing ob’ektining qoldiq
qiymati uning boshlang‘ich qiymatining 20 % dan kamini tashkil etsa ;
•
lizing oluvchi lizing ob’ektini qat’iy belgilangan narxda sotib olish huquqiga ega
bo‘lsa;
•
lizing shartnomasi davridagi to‘lovlarning umumiy summasi lizing ob’ekti
qiymatining 90 % idan ortig‘ini tashkil qilsa.