Moliyaviy lizing hisobi. Lizing oluvchida. Lizing oluvchi moliyaviy lizing bo‘yicha quyidagilarni hisobini
yuritadi:
1.Lizing ob’ektini lizing shartnomasida ko‘rsatilgan qiymatda balansga qabul kiladi Debet 0310 « Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar»
Kredit 7910 «To‘lanadigan uzoq muddatli lizing»
2.Yil oxirida to‘lanadigan lizing majburiyatini uzoq muddatli qismdan joriy qismini joriy majburiyatlarga o‘tkazadi ( har yili ) Debet7910 «To‘lanadigan uzoq muddatli lizing»
Kredit 6910 « To‘lanadigan lizing»
3.Joriy yil uchun lizing foizi to‘lovini hisoblaydi: Debet 9690 « Moliyaviy faoliyat buyicha boshka harajatlar»
Kredit 6920 « To‘lanadigan foizlar»
5.Lizing majburiyatining joriy kismi va foiz to‘lovini to‘lanishini hisobga oladi: Debet 6910 «To‘lanadigan lizing», 6920 «To‘lanadigan foizlar»
Kredit 5110 « Hisob-kitob schyoti» yoki boshqa pul mablag‘lari schyotlari
6.Lizingga olingan mol-mulk bo‘yicha amortizatsiya (eskirish ) summasini hisoblaydi: Debet 2010 «Asosiy ishlab chikarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari», 9410 «Sotish
harajatlari , 9420 «Boshqaruv harajatlari»
Kredit 0299 « Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar eskirishi»
7.Lizing muddati tugagach, lizing mulkini asosiy vositalarga olinishini hisobga oladi: Debet 0112-0190 « Asosiy vositalar hisobi schetlari»
Kredit 0310 « Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar»
8.Mos ravishda lizinga olingan mulk bo‘yicha hisoblangan eskirish summasini asosiy vositalar eskirishi schyotlariga o‘tqazadi Debet 0299 « Lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning
eskirishi»
Kredit 0212-0290 «Asosiy vositalar eskirishi hisobi schetlari»
9.Lizing shartnomasi tugagach, lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qaytarilsa: