3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha 
buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 

Nomoddiy aktivlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos 
ravishda hisobga olish; 

Nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri turkumlash va guruhlarga ajratish

Nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri baholash; 

Nomoddiy aktivlar holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida tegishli boshlang‘ich 
hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish; 

Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) ni belgilangan usul va me’yorlar 
bo‘yicha to‘g‘ri hisoblash

Nomoddiy aktivlarni Soliq Kodeksiga muvofiq soliqga tortilishini ta’minlash; 

Nomoddiy aktivlar butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan 
muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tqazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to‘g‘ri 
aniqlash va hisobga olish; 

Mavjud nomoddiy aktivlardan unumli foydalanish, keraksiz nomoddiy aktivlarni 
likvidatsiya kilish, bepul berish yoki sotish natijalarini to‘g‘ri hisobga olish; 

Nomoddiy aktivlarga qilingan qo‘shimcha harajatlarni (kapital quyilmalarni) 
to‘g‘ri hisobga olish. 
 Nomoddiy aktivlarni baholash . Nomoddiy aktivlarni baholashda boshlang‘ich 
qiymat, tiklangan qiymat, qoldiq qiymat, amortizatsiyalanadigan qiymat, sotish qiymati 
turlari ishlatilishi mumkin (BXMS № 7, p. 9-15). Ushbu qiymat turlarining mohiyati 
asosiy vositalarni baholashda qullaniladigan qiymat turlarining mohiyatiga to‘liq 
o‘xshashdir.
Nomoddiy aktivlarni hisobga olish qiymati bo‘lib boshlang‘ich qiymat hisoblanadi. 
Ushbu qiymat nomoddiy aktivlarni kelib tushish manbalariga qarab quyidagicha 
aniqlanadi: 

Ta’sischilardan ustav kapitaliga ta’sis badali sifatida qabul qilinganda – 
ta’sischilarni kelishuv shartnomasi bo‘yicha; 

Sotib olinganda – sotib olish bahosi plyus barcha ishlashga tayyor holatga 
keltirishga ketgan harajatlarni o‘z ichiga olgan qiymat bo‘yicha; 

Bepul olinganda – ekspert yo‘li bilan aniqlangan qiymat bo‘yicha; 

Ilmiy tadqiqot va izlanishlarning natijasi sifatida qabul qilinganda – haqiqiy 
tannarxi bo‘yicha. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


84 
Tiklangan qiymat nomoddiy aktivlarni qayta baholashdan keyingi yoki qo‘shimcha 
kapital quyilmalardan keyingi vaqtinchalik qiymati bo‘lib, u shu sanadan boshlab 
boshlang‘ich qiymat hisoblanadi.
Qoldiq qiymat nomoddiy aktivlarni jamlangan eskirish summasi chegirib 
tashlangandan keyingi boshlang‘ich qiymati bo‘lib, asosan ularni balans qiymatini
topishda ishlatiladi. 
Sotish qiymati nomoddiy aktivlarni oluvchi va sotuvchi o‘rtasidagi kelishuv qiymati 
bo‘lib, u faqat sotish natijalarin hisobga olishda qo‘llaniladi. 
Amortizatsiyalanadigan qiymat boshlang‘ich va likvidatsion qiymat o‘rtasidagi farq 
bo‘lib, u amortizatsiya (eskirish ) summasini hisoblashda qo‘llaniladi. 
 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin