3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Debet 0410-0490 «Nomoddiy aktvlar hisobi schetlari»  Kredit



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Debet 0410-0490 «Nomoddiy aktvlar hisobi schetlari» 
Kredit 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» 

Boshlang‘ich qiymat kamaytirilganda 
Debet 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» 
Kredit 0410-0490 «Nomoddiy aktvlar hisobi schetlari» 
Nomoddiy aktivlarning analitik hisobi moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha har bir 
inventar ob’ektning kodi (tartib nomeri) bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda yuritiladi. 
Ushbu kartochka va kitoblar nomoddiy aktivlar kelib tushganda ochiladi va ularning 
butun foydali xizmat muddati davri davomida saqlanadi. 
 
 Nomoddiy aktivlarni eskirishining hisobi. Nomoddiy aktivlarga eskirish 
hisoblashda quyidagi omillar asos qilib olinadi: 

Foydali xizmat muddati

Korxonaning ustav faoliyatining muddati; 

Nomoddiy aktivning jismoniy va ma’naviy eskirish harakteri; 
Foydali xizmat muddatini hisoblash mumkin bo‘lgan nomoddiy aktivlar uchun 
yillik eskirish summasi ularning amortizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat yillar 
soniga bulish yo‘li bilan topiladi. Topilgan summani 12 ga bo‘lib, har oylik eskirish 
summasi harajatlar schyotlariga olib boriladi.
Foydali xizmat muddatini aniqlash qiyin bo‘lgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha 
xizmat muddati eng ko‘pi bilan 5 yil qilib, lekinda korxona ustav faoliyati muddatidan 
ko‘p bo‘lmagan mudddatga, belgilanadi (BXMS № 7, p. 39.2). 
BXMS № 7 ga muvofiq (p.42-44), nomoddiy aktivlarga amortizatsiya
(eskirish) hisoblash xuddi asosiy vositalar singari bir maromli, bajarilgan ish hajmiga 
proporsional, xizmat yillari sonlari yig‘indisiga proporsional (kumulyativ) va kamayib 
boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblab topish usullari bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Tanlangan usul (usullar) korxonaning hisob siyosatida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Asosiy 
vositalar kabi nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisoblashda Soliq Kodeksi negiziga 
bir maromda hisoblash usuli olingan, qolgan usullar bo‘yicha hisob-kitoblarda 
aniqlangan me’yordan ortiqcha summalar foyda solig‘i bazasiga qayta qo‘shiladi va shu 
yo‘l bilan soliqga tortiladi. 
Har hisobot yili oxirida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati qayta ko‘rib 
chiqilishi va shunga mos ravishda amortizatsiya (eskirish) me’yori o‘zgartirilishi mumkin 
( BXMS № 7, p. 46 ). 
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya (eskirish) ni hisoblanishi ularning 
ishlatish maqsadiga ko‘ra 0510-0590-schetlarning kreditida va harajatlar schetlarining ( 
2010, 2310, 2510, 2710, 3110,9410,9420 ) debetida aks ettiriladi. 0510-0590 schetlarning 
debetida nomoddiy aktivlarni sotilishi, bepul berilishi, hisobdan chiqarilishi, 
kamomadlari va ta’sis badali sifatida kiritilishi munosabati bilan ularga to‘g‘ri keladigan 
jamlangan eskirish summasini kamaytirish aks ettiriladi. Bunda 9220 «Boshka aktivlarni 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


87 
sotilishi va turli chiqimlari», 0480 «Gudvil», 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha 
tuzatishlar» schyotlari kreditlanadi. 
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasining analitik hisobi har bir nomoddiy aktiv 
bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda olib boriladi.
 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin