Mualliflik huquqi – bu yozilgan kitob, yaratilgan musiqa , tasviriy san’at va
boshqa asarlar uchun uning muallifiga berilgan huquq. Ushbu huquq asarlar egalariga
ularni chop ettirish, qayta bosmaga berish, ko‘paytirish, sotish, yozdirish, ijro etish,
taqsimlash va shu kabi boshqa harakatlarni qilishni o‘z ichiga oladi.
•
Litsenziya –bu u yoki bu xo‘jalik faoliyati, xo‘jalik operatsiyasi bilan
shug‘ullanish uchun davlatning kompetent organi tomonidan berilgan ruxsatnoma.
Litsenziya maxsus rasmiy hujjat bo‘lib, u korxonaga unda ko‘rsatilgan faoliyat turini
belgilangan muddat ichida amalga oshirishga ruxsat beradi. Litsenziya olish lozim
bo‘lgan faoliyat yoki operatsiyalarning turlari, litsenziya berish vakolati yuklatilgan
kompetent organlar davlat tomonidan belgilanadi. Masalan, dori-darmon ishlab chikarish
bo‘yicha litsenziyani Sog‘liqni saqlash Vazirligi, turistik xizmatlarni kqrsatish uchun
litsenziyani «O‘zbekturizm» assotsiatsiyasi, auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun
litsenziyani Moliya Vazirligi beradi. Litsenziya olish uchun korxona tegishli kompetent
organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
•
Litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda faoliyat turi, muddati ko‘rsatiladi;
•
Korxonaning natariusdan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav,
davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi qaror va boshqalar);
•
Davlat soliq idorasida hisobga olinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi;
•
Boshqa talab qilingan hujjatlar
Litsenziya berilgan muddatida kuchga ega bo‘ladi. Korxonaning tugatilishi bilan
litsenziya o‘z kuchini yo‘qotadi.
Savdo markasi, savdo belgilari va sanoat namunalari-bu korxona tomonidan
ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmat uchun berilgan nomlar yoxud ramzlar,
masalan «Koka-Kola», «Neksiya», «Soni», «Xon» va shu kabilar. Egalik qilish
maqsadida ushbu savdo markalari, savdo belgilari va sanoat namunalari davlat
ro‘yxatidan o‘tqazilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tqazilgan belgilar, ramzlar bo‘yicha
egalik huquqi qonun asosida himoyalanadi.