3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy investitsiyalarni



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy investitsiyalarni baholashda ikkita 
sana muhim rol o‘ynaydi: 

Sotib olish sanasi 

Keyingi sanalar 
Sotib olish sanasi deganda, qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy 
investitsiyalarni sotib olish, ya’ni ularni qabul qilib olish sanasi tushuniladi. 
BXMS № 12 «Moliyaviy investitsiyalarning hisobi» ga muvofiq sotib olish 
sanasida qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy investitsiyalar sotib olish 
qiymatida tan olinishi va hisobotda aks ettirilishi lozim. 
Qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan moliyaviy investitsiyalarning sotib olish 
qiymati deganda, ularni sotib olish bahosi sotib olishga ketgan harajatlar bilan birgalikda 
olingan qiymati tushuniladi. Sotib olishga ketgan harajatlarga brokerlik kantoralariga 
to‘langan haqlar, boj to‘lovi, bank xizmati haqlari va boshqa sotib olishga doir harajatlar 
kiradi. 
Sotib 
olish 
qiymati 
qimmatli 
qog‘ozlarga 
yo‘naltirilgan 
moliyaviy 
investitsiyalarning boshlang‘ich qiymatini yoki balans qiymatini tashkil qiladi. 
Agar sotib olish sanasida sotib olish qiymatiga ma’lum sanagacha bo‘lgan davr 
uchun hisoblangan dividendlar va foizlar hissasi kiritilgan bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlarga 
yo‘naltirilgan investitsiyaning balans qiymati o‘tkazib berilgan summadan sotuvchi 
tomonidan bo‘nak sifatida to‘langan foiz va dividendlar summasini chegirishdan keyin 
qolgan qiymatda aks ettirilishi lozim. Chunki sotib olish vaqtida olingan summa va sotib 
olish qiymati o‘rtasidagi farq investorning investitsiyaga kiritgan mablag‘lari uchun 
avans tariqasida olgan daromadi hisoblanadi. Bu avans summa investitsiyani sotib 
olishdan to qaytarilganicha bo‘lgan davrda investor tomonidan doimiy daromad sifatida 
bir maromda hisobdan chiqarilib borishi kerak. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin