Mehnat tarbiyasi– mehnat faoliyatiga qoʻshish jarayoni, har tomonlama va uygʻun rivojlangan shaxs shakllanishining asosi.
Huquqiy tarbiya – huquqiy ong va huquqiy xulq-atvorni shakllantirish.
Iqtisodiy tarbiya jamiyatning iqtisodiy hayotini tushunish, bozor sharoitlarida iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ishbilarmonlik hislatlari va boshqalarni ta’minlaydi.
Ekologik tarbiya –ekologik ong shakllanishi, yekologik madaniyat tarbiyasi jarayoni.
Tarbiya texnologiyasi – tarbiya jarayonida shakllar, yoʻllar, usullar va vositalarning jamuljamligidir. Tarbiya jarayoninng yaxlitligi majmuaviy yondashuv orqali amalga oshiriladi. Majmuaviylik tarbiyaviy ta’sir koʻrsatish va oʻzaro harakatning maqsadlari, vazifalari, mazmuni, usullari va shakllarining birligini anglatadi.
Tarbiyaning zamonaviy texnologiyalari quyidagi talablarni bajaradi: – tarbiyalanuvchilarga uchta yoʻnalish boʻyicha ta’sir koʻrsatadi: ongga, hissiyotga va xulqqa;
– ijobiy natijaga tarbiya va shaxs oʻzini tarbiyalashiining uzviy birikuvida erishiladi;
– tarbiyaga aloqador barcha ijtimoiy institutlar va birlashmalarning (ommaviy axborot vositalari, adabiyot, san’at, maktab, tartibot idoralari va boshqalar) birligi va kuch-gʻayratlarining muvofiqlashtirilishi – majmuaviy yondashuvning zaruriy shartidir;
– shaxsning ma’lum fazilatlari aniq tarbiyaviy ishlar tizimi orqali amalaga oshiriladi.
Tarbiya jarayonini boshqarish quyidagi omillar hisobiga olinganda muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin:
– fazilatlarining rivojlanishiga koʻmaklashadigan yoki unga qarshilik qiladigan tarbiyalanuvchining shakllangan hayot tarzi;
– hayot sharoitlari;
– ommaviy axborot vositalari va targʻibot;
– shaxsga ta’sir qiladigan jamoaning taraqqiyot darajasi va hayot tarzi (qadriyatli yoʻnalishlar, jamoatchilik fikri, axloq me’yorlari, ruhiy iqlim);
– jamoa a’zolari oʻrtasida oʻzaro munosabatlar me’yorlari;
– tarbiyaning individual va shaxsiy oʻziga xosliklari.