3. Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining xususiyatlari Tannarx tushinchasi, uning moxiyati Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish xarajatlarining oʻziga xos xususiyatlari


Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining xususiyatlari



Yüklə 19,09 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü19,09 Kb.
#163426
1   2   3
buxgalteriya 5

Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining xususiyatlari
Qurilish tashkilotlari boshqa xo'jalik yuritish sub'ektlari singari respublikamiz qonun hujjatlari asosida o'zlarining hisob siyosatini ishlab chiqishlari hamda unga amal qilishlari lozim. Ushbu hisob siyosatida qurilish tashkiloti rahbariyati tomonidan tanlab olingan buxgalteriya hisobining tashkiliy shakli, xo'jalik faoliyati ko'rsatkichlari, aktivlar, majmuriyatlar va xususiy kapital elementlarini tan olish mezonlari, ular hisobini yuritishga asos bo'luvchi hujjatlar tizimi, ishchi schyotlar rejasi, boshlang'ich hujjatlar aylanishi, arxiv ishi, tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiyasini o'tkazish jadvali, hisobni yuritishga doir boshqa tartib-qoidalar va tamoyillar aniq ifodalangan bo'lishi lozim. Qurilish tashkilotlarining hisob siyosati ichki va tashqi foydalanuvchilarga ular faoliyati to'g'risidagi axborotlarni tegishli shakl va mazmunda yig'ish, qayd etish, guruhlash va jamlash hamda ularni o'z vaqtida yetkazib berish talablariga javob berishi kerak.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi respublikamizning «Buxgalteriya hisobi to'g'risida» qonuni (7-modda)da ko'rsatilgan to'rtta shakllardan birida tashkil etilishi mumkin.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkiliy shaklini belgilashda bu tashkilotlarning katta-kichikligi, ularning maqomi muhim rolь o'ynaydi. Yirik qurilish tashkilotlarida bajariladigan hisob-kitob ishlari hajmi katta bo'lganligi uchun buxgalteriya tarkibi alohida bo'limlardan, masalan, moddiy boyliklar hisobi bo'limi, mehnat va unga haq to'lash hisob-kitobi bo'limi, qurilish ishlari hisobi bo'limi, moliyaviy hisob-kitoblar bo'limi va boshqalardan tashkil topadi. Buxgalteriya bo'limlari ish faoliyatiga bosh buxgalter rahbarlik qiladi va mas'ul hisoblanadi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar maqomidagi qurilish tashkilot-larida, odatda, maxsus hisob bo'linmasi tashkil qilinmaydi. Ularda shartnoma asosida ishga qabul qilingan buxgalterga barcha hisob-kitob ishlarini yuritish yuklatiladi.
Qurilish tashkilotlari xo'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi ixtisoslashgan buxgalterlik firmasi yoki auditorlik tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnomaga muvofiq olib borilganda, ular buxgalteriya hisobini respublikamiz qonun hujjatlariga muvofiq ravishda olib borilganligi uchun qurilish tashkilotlari oldida shartnoma shartlariga asosan javobgar va mas'ul hisoblanadilar.
Qurilish tashkilotida buxgalteriya hisobi uning rahbarining o'zi tomonidan yuritilganda u buxgalteriya hisobini respublikamiz qonun hujjatlariga muvofiq ravishda olib borilganligi uchun bevosita javobgar va mas'ul hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlarining hisob siyosatida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning tanlab olingan shakli, shuningdek ushbu shaklda hisob ishlarining bajarilishini tartibga solib turuvchi ichki me'yoriy hujjatlar tizimi belgilanadi. Bunday ichki me'yoriy hujjatlar bo'lib, odatda, buxgalteriya to'g'risida Nizom, bosh buxgalter va buxgalterlarning kasbiy mahoratiga qo'yiladigan talablar, buxgalterlar o'rtasida funktsional majburiyatlarning taqsimoti, mehnat shartnomalari, ixtisoslashgan buxgalterlik firmalari yoki auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlarida daromadlar, xarajatlar va yakuniy moliyaviy natijalari (foyda va zararlari) ko'rsatkichlarini tan olish va hisobini yuritishning bir qancha usullari mavjud. Chunonchi, daromadlarni qurilish ishlari yoppasiga tugagandan so'ng, bosqichma-bosqich, qurilish navbatlari bo'yicha tan olish va hisobga olish mumkin. Qurilish tashkilotlari tomonidan bu usullardan qaysi biri tanlab olinganligi yoki ularning har birini qaysi turdagi ishlar uchun qo'llanilishi hisob siyosatida aniq ifodalangan bo'lishi lozim.
Bajarilgan qurilish ishlarining tannarxi, shuningdek olingan foyda summasi ularga sarflangan materiallar qiymatini baholash usullariga bevosita bog'liq. Bunday usullar bo'lib, respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-moddiy zahiralar»ga muvofiq FIFO, AVEKO, identifikatsiyalash usullari hisoblanadi. Belgilangan tartibga ko'ra qurilish tashkiloti ushbu usullarning barchasidan foydalanishlari mumkin. Biroq, bir xil nomdagi TMZlar bo'yicha bir vaqtning o'zida baholashning turli usullarini qo'llash mumkin emas. Shu bois ham, qurilish tashkilotlari o'zlarining hisob siyosatida TMZlar qiymatini baholashning tanlangan usullarini ularning turlari bo'yicha ko'rsatishlari hamda unga amal qilishlari lozim.
Qurilish ishlarining bir necha yillarga cho'zilib ketishi hisobot yilining oxirida tugallanmagan qurilishni inventarizatsiya qilish va qiymatini baholashni, shuningdek unga sarflangan xarajatlarni to'g'ri taqsimlashni taqozo etadi. Bu xususiyat qurilish tashkilotlari hisob siyosatida tugallanmagan qurilish hajmini inventarizatsiya qilib chiqish, uning qiymatini baholash tartibini aniq belgilashni talab qiladi.
Qurilish ishlari bo'yicha hisob-kitoblarni o'z vaqtida amalga oshirilishi buyurtmachi tashkilotlarning to'lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligiga bevosita bog'liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buyurtmachi korxonalar to'lov qobiliyatini yo'qotish riskining mavjudligi qurilish tashkilotlarida dargumon debitorlik qarzlarni bevosita yoki tashkil qilinadigan maxsus rezerv evaziga hisobdan chiqarish usullaridan birini hisob siyosatida belgilab qo'yishni talab etadi.
Bajariladigan ishlar (xizmatlar) qurilish tashkilotlari bo'linma-larida (qurilish maydonchalari, sexlar, omborlar va boshqa javobgarlik markazlarida) turli boshlang'ich hujjatlarni tuzishni, ular aylanishini tashkil qilishni, shuningdek boshlang'ich hujjatlar asosida tegishli hisob registrlarini yuritishni taqozo etadi. Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan boshlang'ich hujjatlar, ularni tuzish, taqdim etish va ishlovdan o'tqazish tartibi to'g'risida keyingi boblarda alohida to'xtalamiz.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi jurnal-order, memorial-order, bosh-jurnal va ixchamlashtirilgan shakllardan birida qo'lda yoki zamonaviy kompьyuterli texnologiyalarga asoslanilgan holda yuritilishi mumkin. Hozirgi paytda aksariyat qurilish tashkilotlarida qo'llanilayotgan hisob shakli bo'lib jurnal-order shakli hisoblanadi.
Yüklə 19,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin