O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 333
adabiyotda doimiy ravishda qo‘llanilib kelgan va qo‘llanmoqda. Yillararo,
davrlararo ularning yangilari yaratilib turgan, eskilarining jonli muomalada, tilda
mavjudlarining ma’no doirasi kengayib yoki torayib borgan. Hatto ularning
muayyan qismi unutilib ketgan. Chunki o‘zbek xalqining bunday ulkan folklor
merosi folkloristik nuqtayi nazardan keyingi asrlargacha deyarli to‘planmay va
o‘rganilmay kelgan. Bundan xalq maqollari o‘tmish adiblari, shoirlari, tarixchilari
e’tiboridan mutlaqo chetda ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz kerak.
Maqolga adabiy nuqtayi nazardan qiziqish, asar badiiyligini oshirish va badiiy
til ravonligini ta’minlash uchun undan foydalanish hamma zamon so‘z
san’atkorlarining diqqat markazida bo‘lgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy,
Rabg‘uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg‘ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy,
Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho‘lpon,
Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘afur G‘ulom va boshqa o‘nlab ijodkorlarning asarlari
sinchiklab o‘rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar ba’zan aynan,
ba’zan o‘zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.
Maqollar ko‘p asrlik hayotiy tajribalar, doimiy kundalik kuzatishlar xulosasini
tugal fikr tarzida qat’iy qutbiylikda ifodalar ekan, ularda har bir so‘zning ma’no
xilma-xilligi, iboralarning turg‘unligi, shakliy barqarorlik ustunlik qiladi. Ammo
qo‘llanish o‘rniga qarab ularning ma’no doirasi doimiy ravishda kengayib boradi.
Shuning uchun ham maqoldagi har bir so‘zga alohida e’tibor berish kerak. Ularda
shunday so‘zlar borki, bu so‘zlar tarixan butunlay boshqa ma’nolarni anglatgan.
Masalan,
tuz so‘zi
bugungi
kunda
mineral
moddani
bildiradi. Tarixan bu so‘z to‘g‘ri, odobli; dala, tekislik ma’nolarini anglatgan va
faqat maqollardagina saqlanib qolgan: Qiz saqlasang, tuz saqla. Tuzdagi bilan