O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
334
2. Fikrning ifodaviyligini ta’minlashda obrazlilik vazifasi;
3. Fikrning ta’sirchanligi ta’minlashda intensivlik vazifasi;
4. Fikrning “yumshoq”ligini ta’minlashda evfimistik vazifa;
5.
Personajlarning qarashlari, ruhiy holatini yorqinroq berishda psixologik
vazifa;
6. Matnning yaxitligini ta’minlashda struktur vazifa;
7. Kitobxonning tuyg‘ulariga ta’sir qilishda estetik vazifa;
8. Fikrni lo‘nda va aniq qabul qildirishda persentiv vazifa;
9. Voqelikni maqol bilan bog‘lab tushuntirishda
kognitiv vazifa;
10. Til va tafakkur uyg‘unligini ta’minlashda lingvokultrologik vazifa va b.
Olimlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etib kelayotgan maqollar folklor,
etnografiyaning o‘rganish obyekti sifatida tadqiq etildi. Bu borada
H.Rahmatullayev, YA.Pinxasov, G‘.Salomov, Q.Samadov, SH.Shorahmedov,
X.Abdurahmonov, M.Sadriddinova singari olimlarning xizmatlari katta. Bundan
tashqari Mullo Bekjon Rahmon o‘g‘li, B.Karimov, Sh.Rizo, O‘.Azimov,
O‘.Xolmatov,
H.Zarif,
M.Afzalov,
S.Ibrohimov,
S.Xudoyberganov,
R.Jumaniyozov,
M.Ahmadboyeva,
E.Siddiqov,
T.Mirzayev,
K.Imomov,
R.Jahongirov, S.Qosimov, Z.Husainova, B.Sarimsoqov, M.Jo‘rayev kabi o‘zbek
folklorshunos olimlari maqollarning nazariy masalalarini tadqiq qilganlar.
O‘zbek xalq maqollariga muayyan bir tartib
berilib majmualarga kiritish,
ulardan maxsus to‘plamlar tuzish ishlari XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi.
Masalan, venger olimi X.Vamberining 1967-yilda Leypsigda nashr etilgan
«Chig‘atoy tili darsligi» xrestomatiya-lug‘atiga o‘zbek folklori va adabiyotining
ayrim namunalari qatori 112 ta maqol kiritilgan bo‘lib, ularning nemis tiliga
tarjimasi ham berilgan. Shundan keyin birin-ketin N.Ostroumov (1895),
B.Rahmonov, (1924), O‘.Zaripov (1939-1947), T.Mirzayev, B.Sarimsoqov,
A.Musog‘ulov (1989)
kabi folklorshunoslar, fan va madaniyat xodimlari
tomonidan tuzilgan turli xarakterdagi va turli hajmdagi maqollar to‘plamlari nashr
etildi. M.Abdurahimov, X.Abdurahmonov, M.Sodiqova kabi olimlarning
tilshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishidagi to‘plamlari yuzaga keldi.
Shuningdek, Ye.Chernyavskiy, V.Ro‘zimatov (1959), N.Gatsunayev (1983, 1988),
A.Naumov (1985) kabi tarjimonlarning mehnati bilan o‘zbek xalq maqollari rus
tilida ham ayrim-ayrim to‘plamlar sifatida bosilib chiqdi [ Murodova M, 2008: 66].
O‘zbek tilida hikmatli iboralarni umuman maqol deb atashadi, [ Ўзбек халқ
мақоллари, 1981: 5] ammo bu tushunchani ifodalash uchun o‘ndan
ortiq atama
qo‘llanadi: maqol, matal, masal, naql, hikmat, tanbeh, zarbulmasal, hikmatli
maqol, xalq iborasi, xalq so‘zi, donishmandlar so‘zi, donolar so‘zi, yaxshilar so‘zi,
burungilar so‘zi, ulusning so‘zi, avomunnos masali, hikmatli so‘z va hokazo. Ilmiy
adabiyotlarda maqol va matal atamalari deyarli farqlanmaydi. Hatto ba’zi
manbalarda paremalarning turlari sifatida farqlangan bo‘lishiga qaramay, maqol va
matal terminlari izohi chalkashtirib yuborilgan o‘rinlarni ham uchratish mumkin
[Бердиёров X, 1984:12].