332 O‘zbek tilshunosligida xalq maqollari lingvistik tadqiqi masalalarining o‘rganilishi


O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI



Yüklə 320,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix11.05.2023
ölçüsü320,28 Kb.
#111628
1   2   3   4   5   6
turopova-h.-ozbek-tilshunosligida-xalq-maqollari-lingvistik-tadqiqi-masalalarining-organilishi

O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
336 
• Maqolga aylanuvchi ibratli fikr xalqning uzoq yillar mobaynidagi hayotiy 
tajribasida sinalgan bo‘lishidadir. Hayotiy tajribada sinalgan har qanday fikr 
kishini ishontira oladi; 
• Maqolda ifodalangan ibratli fikr alohida shaxsgagina emas, balki 
umuminsoniy xarakter kasb etishida
• Sinalgan umuminsoniy fikr ixcham, mukammal badiiy shaklga ega bo‘lishi 
shartdir [Imomov, 1990: 93].
Xalq maqollari asrlar davomida o‘zining shakl va mazmun jihatdan nodir 
xalq og‘zaki ijodi namunalari sifatida buyuk va taniqli adiblar e’tiborini jalb qilib 
keldi. Yusuf Xos Hojibdan tortib Muqimiygacha, Alisher Navoiydan tortib 
Oybekgacha xalq maqollaridan samarali foydalanganlar. Jumladan:
Alisher Navoiy lirikasida «Chiqmag‘on jong‘a umid», «It uyub qoldiyu, 
ko‘chdi 
karvon», 
«Men 
firoqdin 
desam, 
ul 
der 
Iroqdin»; 
• Bobur ijodida: «Bo‘lib turur ikki ko‘zim yo‘lida to‘rt», «Men edim 
saningdek, sen bo‘lg‘oysen maningdek»; 
• Abdulla Qahhor ijodida «Otning o‘limi, itning bayrami», «Quruq qoshiq 
og‘iz yirtar»; 
• «Alpomish» dostonida «Sulton suyagini xo‘rlamas», «Elakka borgan 
xotinning ellik og‘iz gapi bor» kabi maqollar ko‘plab uchraydi [Madayev, 2010: 
40].
O‘tgan asrda o‘nlab maqollar to‘plami e’lon qilindi. «O‘zbekcha otalar 
so‘zi» (1924), «Maqollar va hikmatli so‘zlar» (1939), «Otalar so‘zi — aqlning 
ko‘zi» (1947), «O‘zbek xalq maqollari» (1978), «O‘zbek xalq maqollari» (2 jildlik, 
1987— 1988) kabilar shular jumlasidandir. Ularni to‘plash, nashrga tayyorlash, 
tadqiq etishda avval Hodi Zarifov, Buyuk Karimov, G‘ozi Olim Yunusov, G‘ulom 
Zafariy; keyinchalik Mansur Afzalov, Oxunjon Sobirov, Zubayda Husainova, 
G‘ani Jahongirov, Rajab Jumaniyozov, To‘ra Mirzayev, Bahodir Sarimsoqov, 
Malik Murodov, Ibrohim Haqqulov, Asqar Musaqulov, R. Zarifov kabi olimlar 
munosib hissa qo‘shdilar [Madayev, 2010: 34]. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, maqollarning o‘rganilishi o‘zbek millatining 
boy tarixini ko‘rsatish bilan birga milliy madaniyatini ham o‘zida namoyon qiladi. 
Maqollar mazmuniy bir butunlik nomi ostida tilshunoslik yutuqlari asosida 
o‘rganilgan. Xalq maqollari faqat badiiy asar matnida emas, publitsistik, memuar 
asarlar matnida ham, ommabop uslubda ham qoʻllanadi. Bunday uslubda ham 
maqolning oʻziga xos badiiy-estetik vazifasi namoyon boʻladi. Badiiy matnda 
muallifning oʻquvchi yoki kitobxonga estetik ta’sir qilish maqsadi birinchi planda 
tursa, 
nobadiiy 
matnda 
muallifning 
asosiy 
maqsadi 
oʻquvchi 
yoki 
kitobxonga kommunikativ ta’sir qilishdan iborat boʻladi.

Yüklə 320,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin