Geologik doirada aylanish (katta aylanish) - katta doiradagi moddalarning aylanishi kuruklikdan moddalarning darѐ va havo oqimlari bilan okeanga kelib tushushidan iborat bo’lib, dengiz ѐtkaziqlarining quruklikka kayta chiqishidan sodir bo’ladi. Yerdagi moddalarning aylanishi ayrim kimeviy moddalarning aylanishidan tashkil topadi. Masalan: uglerod almashinuvini kurib chikaylik.
Minerallashishning oxirgi mahsuloti SO2 bo’lib, u tuproqdan va suv xavzalaridan atmosferaga ajralib chikadi. Dengiz suvidan erigan tuzlar tuzlar sifatida, SaSo bur, oxaktoshlar, korollar shaklida tuplanadi. Vaqt utishi bilan natijasida yana davriy aylanishga kushiladi.
Biosferadagi uglerod aylanishi natijasida energiya resurslari – neft, toshkumir, gaz, torf, yegoch, xosil bo’lib, ular insonning faoliyatida keng ishlatiladi. Yegoya va torf urnini tuldirsa tuladigan, neftp, gaz, toshkumir urnini tuldirib bulmaydigan tabiiy boylik hisoblanadi.
Azot eng muxim elementlardan biri. U oksillar va nuklein kislotalarning tarkibiga kiradi. Azot atmosferada yashin paytida azot va O2 ni biriktirib No2 ni xosil qiladi. Azotning asosiy massasi suvga tuproqka tirik organizmlarning xavo tarkibidagi azotni fiksatsiyalashi natijasida utadi. Birga tuproqka bir yilda 25 kg ga yakin utadi N 2 eng samarali fiksatsiyalovchilarga dukaklilarda yashovchi tuganakli bakterialar hisoblanadi.
51. Suv ob’ektlari monitoringining asosiy tadkikot ob’ektlari nimalardan iborat?
52. Suv ob’ektlarining tabiiy sifat tarkibining (fon konsentratsiyasi) tushunchasining moxiyatini izoxlab bering.
53. Suv ob’ektlarining monitoringi kanday tashkil etiladi?
54. Suv ob’ektlari ifloslanish indeksi tushunchasining moxiyati nimadan iborat?
Sug’oriladigan yerlarning tabiiy meliorativ sharoitlari. Sug’oriladigan qishloq xo’jalik yerlarini sifati bo’yicha Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi oldindan asoslangan kompleks bonitet sifat indikatorini (0-100 shkalasi) ishlatib mufassal hisobot tayerlayapti. Bu ish 2013 yilda yakun topadi. Yer resurslari atlasi va Vegetatsiya atlasi 2009 yilda chop etilgan. Yer resurslarini holati bo’yicha hisobot boshqa parametrlar bilan birga tuproqni miqdoriy va sifatiy holati izohi har yili chop etiladi. Qishloq xo’jalik yerlarining jami sug’oriladigan qismi 4,3 mln. ga tashkil etadi, o’shandan 3,3 mln. ga yillik hosil oladigan ekinlar, ko’proq paxta va bug’doyga ajratilgan. 2001 yildan keyin sug’oriladigan yerlarda biror-bir axamiyatli o’zgarish bo’lgani yo’q. Iqlim o’zgarishi stsenariylariga qaraganda suv tanqisligi kuchayib boraveradi, va shunda qo’llanilaѐtgan jami sug’orish usullar qishloq xo’jalik yerlarini kengaytira borish salohiyatini cheklab turadigan asosiy omillardan sanaladi. Sug’oriladigan yerlardagi dehqonchilik yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 95% beradi. Tuproq sifati bo’yicha eng katta muammolar Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Buxoro, Navoi va Xorazm viloyatlarida kuzatish mumkin. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi ko’ra olib borilaѐtgan tuproq sifatini kartalashtirish 2002 yilgacha kuzatilgan salgina susayish tendentsiyasi barqaror holatga qaytdi va shunda so’ng ko’pgina viloyatlar sifat ko’rsatkichlari sal yaxshilandi. Sug’oriladigan yer hududi va foizlarini ―yaxshi‖, ―qoniqarli‖ va ―qoniqarsiz‖ toifalar ostida ko’rsatadi. Shu manbaga ko’ra o’xshash tuproq sifatida salgina yaxshilanish tendentsiyani 2002 yil va 2008 yil oralig’ida kuzatish mumkin. Jadval yerning qoniqarsiz holatining sxemasini degradatsiyani asosiy sabab ѐki sabablariga ko’ra ko’rsatadi (tuproq suv rejimi ѐki sho’rlanishi, ѐki ikkisi). Qishloq xo’jaligida suv monitoringi shuni ko’rsatadi taxminan 90% yer yuzidagi suvlar sug’orish uchun ishlatiladi. Keragidan ortiq sug’orish va suv yo’qotish keng tarqalgan va yerning past-balandlik darajasini aniqlash yo’qligi muammoni chigallashtirmoqda. Shu bilan birga tadqiqot natijalari tarqatilib bo’linishi va fermerlar minimal ѐrdam bilan ta’minlanishi bilan yerning past-balandlik darajasini aniqlash ozgina qo’shimcha sa’yharakatlar natijasida beqiѐs suv tejash imkoniyatini beradi. Samarali drenajsiz keragidan ortiq sug’orish suv bosish va botqoqlashishga olib keladi. Ba’zi bir misollarda, 50 dan 60 foizgacha sug’oriladigan suvlarning asosiy kanal tizimi va dashtlar oralig’ida yo’qotilishi haqida aytiladi, ammo o’rta hisobda bu ko’rsatkich 35 foizni tashkil etadi. Ekinlarning tanlanishi, suv tejami va dehqonchilik usuliga sug’oriladigan yerlarda tuproq sho’rlanishi va eroziyasi chambarchas bog’liq. Paxta uchun ko’p miqdorda sug’oriladigan suv talab qilinadi, bug’doy bilan solishtirganda esa ancha ko’p. Yangi proektlarda qishloq xo’jaligini saqlab qolish, suvni tejash va tuproqni eroziyadan asrab-avaylash o’z ifodasini topish kerak va rag’batlantirish darkor. Suv resurslarining monitoringi. Gidrosfera okekanlar, dengizlar, ko’llar, yer osti va yer usti suvlari, okean va quruqlikdagi muzliklarni o’z ichimga olgan Yerning suv qobig’i Gidrosfera monitoringi deganda ularning holati ustidan doimiy olib boriladigan kuzatuvlar holatini aniqlash va kelajagini bashorat qilishga mo’ljallanadi. O’zbekiston Respublikasida gidrosfera monitoringi quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi. Suv resurslari holati; Orol dengizi havzasi bo’yicha suv resurslarining tizimlanishi; Darѐlar, suv ommborlari , ko’llar, havzalar, yer osti suvlari; Gidrosferaning ifloslanish manbalari; Suv resurslarining sifati va transchegaraviy ta’siri; Umumiy suv ta’minoti va suvni chiqarish.ifloslangan oqava suvlar; Maishiy va komunal xo’jaligida suvdan foydalanishni dinamikasi; Ichimlik suvidan foydalanish monitoringi; Suvdan takroran foydalanish va aylanma ishlatishdagi o’zgarishlar; Haydar-Arnasoy ko’llar tizimidagi ekologik vaziyat mognitoringi; Orol dengizi va orol bo’yidagi ekologik vaziyat; Muhofaza etiladigan tabiiy suv ob’ektlari chuchuk yer osti suvlari shakillanish mintaqalari monitoringi; Tragnschegaraviy gidrosfera ob’ektlari monitoringi; Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish ustidan davlat nazorati Dunѐ gidrosfera monitoringi okekanlar va dengizlar qirg’oqlarida ѐki yaqinida bo’lgan davlatlarda bundan tashqari yana bir qancha gidrosfera monitoringi turlari mavjud: Okeanlar va dengizlar sathi balandligini kuzatish; Qirg’oqlarda oy ta’sirida suv sathini ko’tarilishi uning balandligi va kuchi; Yog’ingarchilik va qurg’oqchilik fasillaridagi ѐg’ingarchilik nisbati; To’fonlar paydo bo’lishi va uning yo’qolish kuchini aniqlash. Dengiz bo’yi davalatlarga keltiradigan zarari mintaqalari vpa miqdorlarini aniqlash aholini ogohlantirish bexavotir joylarga kuo’chirish. - Okean osti katta kuchlanishlari suv osti zilzilalari va vulqonlari otilishini bashorat qilish. Gidrosfera monitoringi olib borishda suv harakati va miqdoriy o’zgarishlarni o’rganishdan tashqari suv sifatiga ham katta e’tibor beriladi, ayni vaqtda transchegaraviy ta’sirlar ham doimiy kuzatuvda bo’ladi. Tog’lardan oqib kelaѐtgan suvlar juda toza ular deyarli xech qanday moddalar bilan ifloslanmagan va sho’rlanmagan, ular ko’pchilik holda ichish uchun yaroqli lekin aholi yashaydigan qishloqlar va shaharlardan dalalardan o’tganda turli oqava suvi qo’shilib darѐlar ifloslanib ketadi. Yer osti suvlari va dalalardan oqib kelgan suvlar hisobiga darѐlarda suv minerallashuvi qisimlarda 2 g/l dan ham oshib ketadi. O’zbekistonning ko’pchilik darѐlari va kanallari suvlari o’rta meѐrda ifloslangan va ifloslangan suvlar sirasiga kiradi. Qoraqolpog’iston Respublikasi va Farg’ona vodiysining zovur suvlari, shuningdek Toshkent shahri va viloyati suv irmoqlarida suv oqimlari kuchli ifloslangan toifasiga kiradi. So’ngi 20-yil ichida suv sifati ѐmonlashuviga chek qo’yildi, xatto biroz yaxshilandi. Amudarѐga Tojikiston, O’zbekiston, Afg’oniston va Turkmaniston oqava suvlari tushib ifloslanadi va Tuya-muyun suv omboriga yetganda suvning neft mahsulotlari, azot ammoniysi, mis, geksoxloran va tuzlar kontsenrattsiyasi bo’yicha REChU dan oshib ketadi. Sirdarѐ suvi o’rta meѐr ifloslangan suvlarga kiradi.Bu xolat ѐg’ingarchilik miqdori va tashlamalarning ko’p-ozligiga qarab o’zgarib turadi. Masalan, Bekobod shaxriga kirishdagi suv sifati 2000 va 2002 yillarda II darajadagi toza suvlarga ta’luqli bo’lsa, 2001, 2003 va 2004 yillarda III darajadagi o’rta meѐrda ifloslangan suvlar toifasiga kirgan. Yer osti suvlarining ifloslanishi tuproq va darѐlarning ifloslanishiga olib keladi. Eng ifloslangan yer osti suvlari Toshkent va Farg’ona shaharlari atroflarida kuzatilgan
Dostları ilə paylaş: |