64. Tog va tog oldi xududlarining xususiyatlari. 65. Tog va tog oldi tumanlarida ekologik xolat. 66. Tog va tog oldi tumanlarida ekologik xolat keskinlashuvining sabablari. 67. Tog va tog oldi tumanlarida xo‘jalik yuritishning turlari (namunalari). Qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun sath jihatidan yaylovlar eng ko’p tarqalgan yer turi bo’lib 21-22 mln. ga tashkil etadi. Manba va qo’llanadigan klassifikatsiyaga qarab bu hajmdan 15-18 mln. ga cho’l yaylovlari qamrab olgan, 3-5 mln. tog’ etagi yaylovlari va 1 mln. ziѐdroq ga yer tog’ va yuqori tog’ yaylovlarini tashkil etadi. Qoramol boqish yem-xashak ishlab chiqarishga chambarchas bog’liq hamda aholisi bor va sug’oriladigan yer ѐki artezian suv quduqlari joylashgan hududlarda tarqalgan. Dukkakli yem-xashak ekinlari, ayniqsa beda, paxta va bug’doy ekin rotatsiyasi uchun nihoyatda qulay ammo kultivatsiya qilinadigan yerlarda ular bilan raqobatlashadi. 2001-2005 yillar oralig’ida qoramol va qo’y soni birmuncha barqaror bo’lgan, ammo bundan yem-xashak ishlab chiqarishda va yaylovlar hosildorligi hajmi o’zgarmas bo’lib qoladi degan ma’no kelib chiqmaydi. Qishloqlar, aholi ko’p joylar va suv havzalari ѐnida joylashgan yaylovlar holati ancha ѐmonlashgan, chunki haddan ortiq foydalanilgan. Yoqilg’i va o’tin uchun o’simliklarni payhon qilish, yaylovlar holatini ѐmonlashishi bilan birga, eroziya jaraѐnini, shu jumladan notekis yerlarda suv eroziyasini, boshlanishiga sabab bo’ladi. Yaylovlarning yem-xashak berish salohiyati va/ѐki ularni umuman ishdan chiqishi, paxta va bug’doy uchun sug’oriladigan haydaladigan yerlarga bo’lgan talab qo’y-echki boqishdan ko’proq qoramolga ta’sir etadi. Qo’shimcha yem-xashak (qish uchun) hamma sharoitda kerak, bundan tashqari, ishlab chiqarish tizimi quruq kelgan yillarda umumiy holatlarga ko’nikish va ularni boshqara olishi kerak. Turli xalqaro tashkilotlar tomonidan yaylov mahsuldorligini oshirish ѐki ushlab turish texnik yechimini tavsiya etishdi. Ular ichida umumiy eroziya qarshi choralari, shu jumladan eng zaif hududlarga mol kiritilishiga cheklanishlar va haddan tashqari o’tlatishga chegirmalar, holati ѐmonlashgan yaylovlarda qayta urug’ ekish, yangi yem-xashak ekinlarini va yangi nav xillarini joriy qilish kiradi. Barqaror yaylov boshqaruvi maqsadida hamkorlik va sarmoyalar uchun qulay ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoit yaratish qishloq xo’jalik ekinlarini parvarish qilishdan ham qiyinroq. Yaylovlarning degradatsiya darajasi umumiy indikatori eroziya va sahrolanish muammosini chuqurligini ko’rsatadi. Yaylovlarni haddan tashqari ishlatish natijasida va iqlim o’zgaruvchanligini hisobga olgan holda 16.4 mln. ga oshiq (73 foiz) yaylov yerlari degradatsiya arafasida turibdi. Eng zarar ko’rgan viloyatlardan Qoraqalpog’iston Respublikasi, hamda Navoiy va Buxoro viloyatlari sanaladi. Samarqanddagi Qoraqo’lchilik va cho’l ekologiyasi tadqiqot instituti ko’rsatkichlariga asosan cho’l yaylovlarini 40 foizi degradatsiyadan aziyat chekadi, ayniqsa Qizilqum cho’lida (44 foiz). Institutning tavsiyasiga binoan cho’l yaylovlarini boshqaruvi yaylov muhofazasi va reabilitatsiyasi uchun haѐtiy muqobildir. Yer sathini bioremediatsiya (fitomelioratsiya) usuli bilan kattalashtirish va samarali navlarni, shu jumladan ekzotik o’simliklarni, ko’paytirish yo’li bilan muhofaza qilish hamda unumdorlikni oshirish mumkin. Tashkiliy mazmunda, yaylov muhofazasi va reabilitatsiyasi o’tlatishga vaqtincha chegirmalar kirgizish va suv xavzalari atrofida haddan ortiq siqiqlikni yechishni talab etadi. Qorako’lchilik qoramol boqishda muhim joy egallaydi chunki ular keskin quruq sharoitlarda yashab ketish xususiyatiga ega. 50 ortiq mamlakat ularni yetishtirish uchun boqish usulini genetik markazi bo’lgan Buxorodan o’zlashtirib oldilar. O’zbekistonda qo’ylar soni 4,5 mln. tashkil etadi, va shularni yarmidan ko’pi katta kooperativlar ichida parvarishlanadi. Yil davomida podalar ba’zan o’simlik salohiyati 0.2 t/ga oshmaydigan qumli cho’llarda boqiladi.