Bolalarga tasavvur orqali havoda harflar shaklini ezdirish ham qo’llaniladi.
O’qituvchi doskaga ezib ko’rsatgan harf yoki uning bog’lanishlarini o’quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirlb ko’rsatadi va bu orqali o’quvchida harf haqida tasavvur hosil qilinadi.So’ng o’quvchi daftarga yozishga kirishadi.
Bunday mashq usuli o’quvchining qiziqishini oshiradi.
Bu usulning salbiy jixati shundaki,o’qituvchi bu usuldan foydalanganda barcha o’quvchilarning qo’l harakatini to’g’ri yoki noto’g’riligini bir paytda tekshira olmaydi.Bunda bir necha o’quvchining qo’l harakatini kuzatib tegishli ko’rsatma beriladi.
Ritmik( sanoq-ohang) usuli.
Bu usul o’qituvchi sanog’I ostida harf va uning elementlarini yozish demakdir.
Bu usuldan savod o’rgatish davrida foydalanjsh mumkin.
Sanoq-ohang usulining foydali jihatlari mavjud. Birinchidan , harflarning tekis yozishini ta’minlaydi.Ikkinchidan sekin yozadigan o’quvchilarni tez va sinfdagi barcha o’quvchi bilan barobar yozishga undaydi. Uchinchidan, o’quvchilar aniq va dadil harakatlanish orqali ish bajaradi. To’rtinchidan,sinfda darsni jonlantiradi.
Bu usuldan butun dars davomida foydalanib bo’lmaydi, chunki o’quvchi charchab qoladiva yozuv sifati buziladi.
Ritmik usulni qo’llashda asosan, harflarning asosiy elementi “bir”,”ikki”
,”uch”deb beriladi.
Bu usulni qo’llashda harf yoki elementlar avval sanoqsiz yoziladi so’ngra sanoq ostida yozdiriladi.
Sanoq-ohang yoki ritmik usuldan bo’g’in va so’z,gaplarni yozdirishda ham foydalaniladi.
Harf va ularning elementlarini tahlil qilish usuli.
Harf va uning elementlarini tahlil qilish turlicha amalgam oshiriladi.Harflarni elementlarga ajratib tahlil qilish har bir harfning necha elementdan tuzilganligini
,qanday shaklda ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog’lanishida qanday ko’rinishga ega bo’lishini o’quvchilar tasavvur etadilar .
Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo’lib , ular bir butun shaklda yoziladi,ammo o’qituvchi uning necha elementdan iboratligini eslatib o’tadi.M, kichik d harfining birinchi elementi to’liq oval, ikkinchi elementi pasti halqali tayoqchadan iborat.
Buo’rinda harfning necha elementdan iborat ekanligi eslatib o’tiladi, yozishda esa bu harfni qo’l harakatini uzmasdan yozish talab qilinadi.