Ko’rgazmaliliktamoyili. Chiroyli yozuvga orgatishda ko’rgazmali vositalar ham katta ahamiyat kasb etadi. KcTrgazmali vositalarga «To’g’ri o’tir!» plakati, bosma harf shakllari ifodalangan kartonlar, xattaxta, o’quvchilar qo’lidan ushlab yozdirish kabilar kiradi. Harfning yozma shaklini hosil qilishga o’rgatishda uning bosma shakli ko’rsatilib farqli jihatlari izohlanadi.
Yaxshi tanlangan va mohirlik bilan foydalanilgan ko’rgazmali qurollar dars sifati va samaradorligini oshiradi.
Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. O’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish uning bo’yini hisobga olgan holda oldingi partalarga o’tkazishdan boshlanadi. Parta o’quvchiga mos bo’lsa, u yozishda qiynalmaydi, tez charchab qolmaydi, chiroyli yozadi.
O’quvchining individual xususiyatini hisobga olganda. Ko’rish qobiliyati yaxshi bo’lmagan o’quvchilarni yorug’ tushadigan deraza tmonga, eshitish a’zolarida nuqsonlar bo’lgan bolani esa oldingi partalarga o’tkazish ham nazarda tutiladi.
Malumki, ruchkani barmoqlar orasida noto’g’ri ushlaydigan o’quvchilar ham uchraydi, shu sababli bolaning ruchka ushlashiga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Daftarga harflarni 65° gradus qiyalikda yozish asosiy rol o’ynaydi. Buning uchun daftar - parta ustida to’g’ri turishi lozim. shuning uchun o’qituvchi har bir o’quvchining daftarlarini kuzatib borishi darkor. Bu qoidaga amal qilish ham yozuv sifatini oshiradi.
O’quvchilarning yozuv tezliklarini kuzatish, kamchiliklarini hisobga olish, yutuqlarini ko’pchilikka namuna qilib ko’rsatish ham bu tamoyilning asosiy shartlaridan sanaladi.
Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalgaoshirish tamoyili. Dastur talablari yozuvga o’rgatishni o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga oshirishni nazarda tutadi. Savod o’rgatishning dastlabki bosqichida o’qish va yozuv bog’lab olib boriladi. Bu usul K.D.Ushinskiy tomondan qo’llangan bolib, hozirga davr foydalanib kelinmoqda. O’quvchi yaxshi o’qish sifatlari (togri, ongli, tez va ifodali o’qish)ni egallash bilan bir paytda yozuvga ham o’rgatilib boriladi. Negaki yozish va o’qish bolaning nutqiy rivojlanishi (lug’at boyligi, gap tuzish ko’nikmasi, nutqning mantiqiy boglanishi)ni ta’minlaydi. Yomon o’qigan bola yozuvni egallashi qiyin bo’ladi, chunki bo’g’inlab o’qish malakasidan so’ng, bo’g’inlab yozish malakasi shakllanadi.