4 -ma’ruza. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar Reja


Nuklein kislotalarning fizik-kimyoviy xossalari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix10.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#87181
1   2   3   4   5   6
4-MA\'RUZA

 
1. Nuklein kislotalarning fizik-kimyoviy xossalari. Nuklein kislotalarning 
fizik-kimyoviy xossalari yuqori molekulyar massasi va struktura tuzilishiga bog`liq. 
Nuklein kislotalar uchun kolloid va osmotik xossalar, yuqori darajadagi yopishqoqlik 
va eritmaning zichligi, optik xususiyati hamda denaturatsiyaga moyilligi xos bo`ladi. 
Kolloidlik xossasi hamma yuqori molekulyar birikmalar uchun xos. Nuklein 
kislotalar eritilganda ular bo`kadi va kolloid ko`rinishidagi yopishqoq eritma hosil 
qiladi. Ularning gidrofilligi asosan fosfatlarga bog`liq. Nuklein kislotalarning 
eritmadagi molekulalari yaqqol kislotalik xususiyatiga ega ‘polianion ko`rinishida 
bo`ladi. Fiziologik sharoitdagi RNK da hamma nuklein kislotalar polianion holatida 
va oqsil hamda anorganik kationlardan iborat qarshi ionlar bilan o`ralgan. Qo`sh 
spiralli nuklein kislotalar bir zanjirliga nisbatan yomon eriydi. 
Molekuladagi vodorod bog`larini uzuvchi tashqi muhitning barcha ta’sirlari
DNK ni denaturatsiyalaydi. Denaturatsiya harorat, kimyoviy moddalar ta’sirida 


bo`lishi mumkin. Denaturatsiyalovchi agentlardan eng kuchlisi isitishdir. DNK 
isitilganda uning ikki zanjiri bir-biridan ajraladi, ya’ni yechiladi. Bu hodisa pastroq 
harorat oralig`ida bo`lgani uchun yumshash deyiladi. DNK ning 50 % i 
denaturatsiyalangan haroratga yumshash deb ataladi. DNK ning yumshash harorati 
azot asoslarining nisbati (G + S va A + T) ga bog`liq. Molekuladagi G + S qo`sh 
asoslar qancha ko’p bo`lsa, yumshash harorati ham A + T nikidan shuncha baland 
bo`ladi, chunki G + S da uchta qo`shbog` bor. 
Tez qizitish usulida denaturatsiyalangan, ya’ni ikki zanjirga ajratilgan DNK 
sekin sovutilsa, ajralgan zanjirlar qaytadan birikib, qo`sh zanjirli DNK ni hosil qiladi. 
Bu hodisa renaturatsiya deb ataladi. 
Hamma nuklein kislotalar ultrabinafsha nurlar zonasida 260 nm da nuRNKi 
jadal yutish qobiliyatiga ega. DNK zanjiri buzilganda nur yutish qobiliyati ortadi. 
Gi’erxrom effekt deb ataladigan bu fenomen denaturatsiya jarayonida nur yutadigan 
asoslarni to`sib turgan strukturalarning chetlanishiga bog`liq.
Nuklein kislotalarning duragaylanishi.  Turli zanjirlar o`zaro komplementarlik 
asosida birikishlari mumkin, birikish darajasi esa ularning gomologiyasiga bog`liq. 
Bir DNK molekulasining ikki zanjiri to`la birikadi, chunki ular 100 % bir-biriga 
gomologdir. DNK ning bir zanjiri bilan uning transkri’ti, ya’ni uning asosida 
transkri’tsiya qilingan RNK ham to`la birikadi. Bu jarayon gibridlanish (chatishish) 
deb aytiladi. Demak, ikki zanjir orasida gomologiya qancha yaqin bo`lsa, 
duragaylanish ham shuncha to`la bo`ladi. Buni duragaylash usuli yordamida aniqlash 
qabul qilingan. Bu usul bo`yicha nuklein kislotalarning ikki zanjiri o`rtasidagi 
gomologiyaning nisbati bu zanjirlardagi nukleotid asoslarining komplementarligini 
tekshirish asosida belgilanadi. 
Duragaylash usuli ilmiy tadqiqot uchun ham, tajriba uchun ham katta ahamiyatga ega. 
Bu usuldan foydalanib molekulalarni, ulardan olingan turlarning genetik yaqinlik 
darajasini aniqlash mumkin.
Bu xildagi duragay molekulalar mukammal bo`lmaydi. Ularda spiral opoliga kelgan 
qismlar spirallashmagan qismlar bilan navbatlashib boradi. Shundan ko`rinib 


turibdiki, spirallashmagan qismlarda polinukleotid zanjirlar bir-biriga komplementar 
bo`lmaydi. 
DNK-DNK duragaylarini olishda turlar o`rtasida filogenetik qon-qardoshlik 
nechog`lik uzoq bo`lsa, DNK-DNK duragaylarining mukammal bo`lmaslik darajasi 
shu qadar yuqori bo`ladi. Shu munosabat bilan DNK-DNK duragaylash usulini 
organizmlar sistematikasini aniqlash uchun qo`llash mumkin bo`ladi. 
DNK bilan RNK ni duragaylash (DNK-RNK duragaylash) ham xuddi DNK-
DNK duragaylash kabi bo`lishi mumkin. Bu xolda duragay molekulasida bitta 
dezoksiribonukleotid zanjiri va bitta ribonukleotid zanjiri bo`ladi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin