fermentlar – nukleazalar ishtirokida boradi. Nuklein kislotalarning fosfodiefir
bog`lari gidroliz qilinganda ularning struktura monomerlari – azotli asos, pentoza va
fosfat kislota qoldiqlaridan iborat mononukleotidlar ajralib chiqadi.
Azotli asoslar. Nuklein kislotalarning azotli asoslari kimyoviy tuzilishiga ko`ra
2 guruhga – purin va pirimidinli guruhlarga bo`linadi.
Ularning orasida asosiy va
siyrak (minor) purin va pirimidinli asoslar mavjud. Eng muhim purinli asoslarga
adenin va guanin; pirimidinliga esa – sitozin, urastil va timin kiradi. DNK tarkibiga
A,G,S,T; RNK tarkibiga esa timindan boshqa shu asoslarning
hammasi va urastil
kiradi. Minor asoslar asosan tRNK va rRNK da uchraydi. Ularga qo`shimcha
metillangan purin va pirimidinli asoslar kiradi.
Nuklein kislotalari (RNK va DNK) polimerlardir nukleotidlardan qurilgan. Ularning
yordami bilan qafasda saqlanadigan va uzatiladigan genetik ma'lumotlar; bundan
tashqari, ba'zi RNK molekulalari ham ishtirok etadilar Supero'tkazuvchilar
tarkibidagi yoki katalitik molekulyar komplekslar. ( Д. Нельсон, М. Кокс. Основы
биохимии ленинджера 2006 г, 46-48 стр )
Nukleozidlar. Azotli asosning pentoza bilan birikishidan hosil bo`lgan
moddaga nukleozid deb aytiladi. Nukleozidlar N-glikozidlarga mansub. Ularda
pentozaning C-1 atomi purinning N-3 yoki pirimidinning N-1
atomi bilan
bog`langan. pentoza turiga qarab 2 xil nukleozidlar – tarkibida 2-dezoksiriboza
bo`lgan dezoksiribonukleozidlar va tarkibida riboza bo`lgan ribonukleozidlar
farqlanadi. Dezoksiribonukleozidlar faqat DNK ga; ribonukleozidlar esa faqat RNK
ga kiradi. pirimidin va purinli nukleozidlar o`ziga mos azotli asoslar tutadi.
Nukleotidlar. Nukleozidlarning fosfat kislota qoldig`i
bilan birikishidan
nukleotidlar hosil bo`ladi, ya’ni nukleotid tarkibiga azot asosi, uglevod qoldig`i va
fosfat kislota kiradi. Bu tartib (A-U-F) dagi nukleotid 2 xil gidroliz qilish bilan aniq
tasdiqlanishi mumkin. Birinchi gidrolizda uglevod bilan fosfat kislota orasida bog`
uzilib, azot asosi va uglevoddan iborat glikozid (nukleozid) hosil bo`ladi. Ikkinchi tur
gidrolizda azot asosi erkin xolda ajralib, uglevod bilan
fosfat kislotadan iborat
monosaxarid-fosfat hosil bo`ladi. Demak, nukleotid molekulasida uglevod o`rtada
joylashgan.