4. DNK tarkibidagi 6-aminoguruhlar soni 6-ketoguruhlar soniga teng: G + T =
A+S.
5. Faqat A + T va G + S yig`indilari o`zgaruvchan. Agar A + T > G + S bo`lsa,
bu AT-turli DNK; agar G + S > A + T bo`lsa, bu GS - turdagi DNK bo`ladi.
Bu qoidadan DNK tuzilishi uchun purin va pirimidin asoslarining qat’iy
tartibda mos kelishi (juftlashishi) emas, balki umuman timinning adenin bilan
sitozinning guanin bilan mos kelishi nazarda tutilgan. Nukleotidlarning molekulyar
massasi 330 ga, qo`sh nukleotidlarniki esa 660 ga teng. 1953 yilda Uotson va Krik
qo`sh spiral nomini olgan DNK ning ikkilamchi strukturasi modelini kashf etdilar.
Uotson va Krik taklif qilgan DNK ning qo`sh spiral modeliga binoan, DNK
faraz etiladigan o`q atrofida bir-biriga o`ralgan komplementar, ya’ni bir-biriga mos
keladigan, ammo bir xil bo`lmagan burama shakldagi ikkita zanjirdan tuzilgan. Bu
ikki burama polinukleotid uglevod - fosfat zanjirini hosil qilib, ularga spiral ichida
azot asoslari tortilgandir. Ikki zanjir azot asoslari orasida paydo bo`lgan
vodorod
bog`lari orqali ushlab turiladi. Zanjirlar bir-biriga mos kelishi uchun birinchisining
purin asosi qarshisiga ikkinchisining pirimidini bo`lishi shart. Adenin bilan timin
o`rtasida ikkita, guanin bilan sitozin o`rtasida esa uchta vodorod bog`lari hosil
bo`ladi. Vodorod bog`lari faqat adenin bilan timin va guanin bilan sitozin orasida
hosil bo`ladi, shuning uchun bir zanjirdagi asoslarning
tarkibi ikkinchi zanjirdagi
asoslarning tartibini, ikkinchi zanjirda ularning birin-ketin kelishini belgilaydi.
Asoslarning bunday mos kelishiga komplementarlik deyiladi.
Qo`shni azot asoslari orasidagi o`zak uzunasiga 0,34 nm ga teng va ularning
biri ikkinchisiga nisbatan 36° ga buralgan. Binobarin, bitta to`la spiral 10 ta qo`sh
asosni, ya’ni 10 ta nukleotidni o`z ichiga oladi va 3,4 nm uzunlikda bo`ladi. Spiralning
diametri 2 nm ga teng. Ikki zanjir bir-biriga antiparallel, chunki dezoksiribozalar
orasida fosfatdiefir bog`lari bir zanjirda 5¹→ 3¹ yo`nalishda, ikkinchisida esa 3¹→5¹
yo`nalishda o`qiladi.
DNK molekulasining boshqa (A va S) shakllari ham kashf etilgan. Ular Uotson
va Krik taklif qilgan shakl – strukturadan spiraldagi qo`sh asoslarni
faraz etiladigan
o`qqa egilish burchagi vaularning soni tomonidan bir oz farqlanadilar. Lekin bunday
DNK larning miqdori va bajaradigan funkstiyasi bo`yicha hissasi katta emas.
Ba’zi virus DNK lari yakka zanjirli tuzilishga ega. Yakka va qo`sh zanjirli DNK
molekulalari ikki uchi ulangan halqa shaklida ham bo`ladilar. DNK ning bunday
xillari asosan bakteriyalarda va mitoxondriyalarda mavjud.
DNK ning uchlamchi strukturasi qo`sh spiralli molekulaning qo`shimcha
buralishi natijasida hosil bo`ladi. U superspiral yoki egilgan qo`sh spiral ko`rinishida
bo`ladi.
RNK ning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari. RNK bir zanjirli molekuladan
iborat, shu sababli uning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari doimiy emas. RNK
ning hamma turlari DNK ning bir zanjirini nusxasi bo`lib, tarkibida ‘alindromlar
saqlagan qismlaridan nusxa ko`chirilganda RNK molekulalarida sh’ilkalar hosil
bo`lishiga olib keladi.
tRNK ning ikkilamchi strukturasi “beda bargi” ko`rinishiga ega. U tRNK ning
ma’lum bir qismlaridagi zanjirning ichki komplementar nukleotidlarining
juftlashishi oqibatida kelib chiqadi. tRNK ning nukleotidlar orasida vodorod bog`lari
hosil qilmaganlari halqa (‘etlya) shaklida yoki to`g`ri chiziqli bo`g`inlar hosil qiladi.
tRNK da quyidagi struktura qismlari farq qilinadi:
1. Akseptor shoxchasi to`rtta to`g`ri joylashgan nukleotidlardan tashkil topgan
bo`lib, ulardan uchtasi hamma turdagi RNK larda bir xil tartibda – SSA ko`rinishiga
ega. Bunda adenozinning 3¹ - OO’ gidroksili erkin.
Unga aminokislotaning
karboksil guruhi birikadi, tRNK ning bu qismi akseptor deb nomlanishi ham shundan
kelib chiqqan. Adenozinning 3¹ - OO’ gidroksil guruhi bilan bog`langan
aminokislotani tRNK oqsil sintezi amalga oshadigan ribosomalarga yetkazib beradi.
2. Antikodonli halqa odatda ettita nukleotiddan hosil bo`ladi. Har bir tRNK
o`zining maxsus antikodoniga ega. tRNK ning antikodoni komplementarlikka asosan
mRNK kodoni bilan juftlashadi. Kodon-antikodonning o`zaro ta’siri polipeptid
zanjirining
ribosomalarda
yig`ilishida
aminokislotalarning
yig`ilishida
aminokislotalarning joylashish tartibini belgilab beradi.
3. ‘sevdouradilli halqa 7 ta nukleotiddan iborat va albatta o`zida ‘sevdouridil
kislota qoldig`ini tutadi. Bu halqa tRNK ning ribosoma bilan bog`lanishida ishtirok
etadi deb taxmin qilinadi.
4. Digidrouridinli yoki D-halqa odatda 8-12 ta nukleotiddan tashkil topgan
bo`lib, ularning orasida digidrouridinning bir nechta qoldiqlari bo`ladi.
D-halqa
aminokislota o`zining transport RNK sini tanishida aminoastil – tRNK – sintetaza
bilan bog`lanishi uchun zarur deb hisoblanadi.
5. Qo`shimcha halqa turli xil tRNK larda o`lchami va nukleotidlar tarkibi
bo`yicha har xil bo`ladi.
tRNK ning uchlamchi strukturasi beda bargi shaklida emas, balki bukilib
buralgan shaklda bo`ladi, bunda beda bargining halqali yaproqchalari qo`shimcha
van-dervaals bog`lari orqali bog`langan xolda o`ralgan bo`ladi.
rRNK egilgan zanjirning birikishidan hosil bo`lgan spiralli uchastkalar
ko`rinishidagi ikkilamchi strukturaga ega. rRNK
ning uchlamchi strukturasi
ribosomaning skeleti bo`lib hisoblanadi. U tayoqcha yoki kalava shakliga ega. Uning
ichki tomoniga ribosoma oqsillari tegib turadi.
Dostları ilə paylaş: