3. Nuklein kislotalar va organizmlar sistematikasi. Nuklein
kislotalar,
avvalo DNK irsiy axborotni tashiydi va organizmning turga xosligini belgilab beradi.
Har xil organizmlarning DNK sidagi nukleotidlar tarkibining xususiyatlarini
o`rganish tashqi belgilarga asoslangan sistematikadan genetik sistematikaga o`tishga
yo`l ochib beradi. Molekulyar biologiyadagi bunday yo`nalish
genosistematika deb
nom oldi. Uning asoschisi buyuk bioximik A.N.Belozerskiydir.
Har xil organizm DNK sidagi nukleotidlar tarkibini qiyoslash qiziqarli
xulosalarga olib keldi. DNK o`ziga xosligining koeffistienti, ya’ni G + S ning A + T
ga nisbati mikroorganizmlarda o`zgaruvchan; yuksak o`simliklar
va hayvonlarda
doimiy ekan. Mikroorganizmlarda eng kam miqdordagi GS turdan aniq namoyon
bo`lgan AT turgacha o`zgarish kuzatiladi. Yuksak organizmlar DNK si AT – tuRNKi
qat’iy holatda saqlaydi. Bundan go`yoki yuksak organizmlarda DNK ning o`ziga
xosligi yo`qolganga o`xshaydi. Aslida esa ularda xuddi bakteriyalardagidek o`ziga
xos nuklein kislota bo`ladi, lekin uning o`ziga xosligi
nukleotidlar tarkibining
o`zgaruvchanligi bilan emas, balki ularning zanjir bo`ylab ketma-ket kelishi tartibida
bo`ladi. Ko’p hujayrali hayvonlar va yuksak o`simliklarning DNK si AT-turda
bo`lishi zamburug`lar
DNK siga yaqinroqdir, shu sababdan hayvonlar va
zamburug`lar o`z-o`zidan umumiy ajdod – juda oddiy tuzilgan zamburug`simon
organizmlar kelib chiqqan bo`lishi mumkin.