4-bob. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyaSI


§ 4.3. Mehnat migratsiyasining asosiy yo’nalishlari va markazlari



Yüklə 85,89 Kb.
səhifə3/12
tarix01.07.2023
ölçüsü85,89 Kb.
#135584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
§ 4.3. Mehnat migratsiyasining asosiy yo’nalishlari va markazlari
Mehnat migratsiyasi deyarli barcha milliy iqtisodiyotlarga xos jarayondir. Biroq uning jadallik darajasi jahonning u yoki bu hududlarida sezilarli farq qiladi. Mehnatkash-migrantlarning eng jadal oqimi ishchi kuchini eksport/import qiluvchi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasida va tabiiy demografik o’sish sur’atida jiddiy farq bo’lganda kuzatiladi. Migratsiyaning asosiy to’rtta yo’nalishlari ichida jami migratsiya oqimining hajmi bo’yicha rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlar tomon ishchi kuchlarini ko’chishi birinchi o’rinda turadi. Mutaxassislar quyidagi migratsiya oqimlarini alohida ko’rsatib o’tishadi: G’arbiy Yevropa va SHimoliy Amerika mamlakatlari o’rtasida, sobiq sotsialistik mamlakatlardan bozor iqtisodiyotli mamlakatlarga, rivojlanayotgan yoki o’tish davri iqtisodiyotli davlatlar o’rtasida (mas. Janubiy Amerika chegarasida, Ukrainadan Rossiyaga).
Ishchi kuchi migratsiyasining yana bir yo’nalishi, ya’ni rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan yoki o’tish davri iqtisodiyotli davlatlarga migratsiya uchrasa-da, bu yo’nalishni tanlovchi migrantlar soni unchalik ko’pchilikni tashkil etmaydi va ular TMKlarning shahobchalari va shu’ba korxonalarida band bo’lgan kadrlar, turli xayriya tashkilotlari va fondlari a’zolari, shuningdek, sarguzasht izlovchilar xamda tavakkalchilardan iborat. Ishchi kuchini o’ziga tortuvchi markazlar ichida eng yirik va uch yuz yildan beri mavjud bo’lgan markaz SHimoliy Amerika (AQSH va Kanada) hisoblanadi. Amerikalik statistlarning ma’lumotlariga ko’ra 90-yillar davomida AQSHga belgilangan kvota 675 ming kishi bo’lishiga qaramay yiliga 1 mln.dan ortiq migrantlar kirib kelgan.
Migrantlarni o’ziga tortuvchi boshqa bir «ohangrabo» Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridir. Ularga xorijiy ishchi kuchi jami aylanmasining to’rtdan bir qismidan ko’progi to’g’ri keladi. Bu hududda Frantsiya (mamlakat aholisining 8 foizi xorijliklar), Germaniya (7,5 foiz) yetakchilik qilmoqda. Bulardan tashqari Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya, SHvetsiya, Avstriya xam ishchi kuchi qabul qilishda oldingi o’rinlarda turadi. Mehnat migratsiyasining uchinchi yirik markaz -Avstraliyadir. Avstraliya hukumati mamlakat hududining katta qismida aholi zichligi darajasi pastligi va uning tarkibida xitoy etnosining ulushi ko’payib borayotganidan xavotirda. SHuning uchun xam Kanberra tomonidan Avstraliya mamlakatiga - qit’aga oq irqga mansub aholini, asosan fertil (turmush qurish va farzand qurishga qodir) yoshdagi ayollarni ko’chib o’tishini rag’batlantirish borasida chora-tadbirlar majmuasini e’lon qilgan.
Muhim migratsiya markazlardan biri sifatida Isroilni esga olishimiz xam maqsadga muvofiq. Isroil barcha yaxudiylarni o’zlarining tarixiy vatanlariga qaytarishga harakat qilmoqda. Yaxudiylarning «Jannatmakon yer»ga migratsiyasi umuman olganda siyosiy sabablar tufayli bo’lsada, uning iqtisodiy jihatlari xam mavjud, turmush darajasi past bo’lgan mamlakatlardan Isroilga kelayotgan migrantlar oqimining jadalligi xam bundan dalolat berib turibdi.
Keyingi yigirma yil ichida migrantlarni o’ziga jalb etuvchi yangi markazlar vujudga keldi. Ularning ichida Fors ko’rfazi mamlakatlari (Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt, Baxrayn, Birlashgan Arab Amirligi) va Lotin Amerikasi (Argentina, Braziliya, Meksika) xamda Osiyoning (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tayvan) yangi industrial mamlakatlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Afrika qit’asida esa bunday markaz JAR hisoblanadi.
MDH doirasida Rossiya yirik markaz bo’lsa-da, u xam eksportyor, xam importyor mamlakat sanaladi. Rossiyadan MDHdan tashqari ishchi kuchi eksport qilinsa (yiliga 10 ming kishi), MDH mamlakatlaridan - asosan Ukraina, Belorusiya, Moldaviya, Qozog’istondan (yiliga 300-500 ming kishi) import qilinadi.
Xalqaro migratsiya aylanmasi tarkibini tushunib yetish uchun mehnat migratsiyasining ko’rinishlarini belgilab chiqish zarur, ularni turli mezonlarga ko’ra sinflash mumkin. Migratsiyasining asosiy ko’rinishlari quyidagilar:

  • davomiyligiga ko’ra - vaqtinchalik, mavsumiy va doimiy;

  • ijtimoiy tarkibiga ko’ra - malakasiz ishchilar, o’rta texnik va servis xodimlari, talabalar (ta’til paytida), mutaxassislar, fan, madaniyat va sport arboblari, tadbirkorlar;

  • tabiatiga ko’ra - bevosita va bilvosita (TMK doirasida firma ichida);

  • mehnat shartnomasi ko’rinishiga ko’ra - shaxsiy va jamoaviy;

  • qabul qiluvchi mamlakatda xuquqiy holatga ko’ra - assimilyatsion (keyinchalik fuqarolik berilishi) va neassimilyatsion.

Xalqaro statistika ma’lumotlariga ko’ra, migrantlarning asosiy qismini ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligida band bo’lgan kam malakali ishchilar tashkil etadi. SHunday bo’lsa-da, mutaxassislarning, ya’ni TMKlar tuzilmasida e’tiborli va yuqori xaq to’lanadigan mansablarni egallagan yuqori malakali ishchi kuchining migratsion oqimi o’sib bormoqda (gap «aqllilarning ketib kolishi» to’g’risida bormoqda). Bundan tashqari yildan yilga Yevropa Ittifoqi kabi integratsion birlashmalarda ayollar va yoshlarning safarbarligi kuchaymoqda.
XIMda migratsiya oqimlarini kuchayib borishi tufayli ularning qabul qilib oluvchi va jo’natuvchi davlatlar iqtisodiyotiga ta’siri yanada sezilarli bo’lib bormoqda. SHuning uchun jahon ishchi kuchi bozorini ana shu nuqtai nazardan ko’rib chiqish joiz.

Yüklə 85,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin