§ 4.4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining milliy iqtisodiyotga ta’siri Ishchi kuchi ko’chib yurishining iqtisodiy sababi mehnatga to’lanadigan xaqning turli davlatlarda turlichaligidir. Xalqaro ishchi kuchi harakatining asosiy bosh sababi, demak, turli davlatlarda o’rtacha real ish haqi darajasining har xilligida.
4.4.1-rasm. Mehnat migratsiyasining iqtisodiy samaradorligi. "A" davlat "V" davlat
Tasavvur qilamizki dunyoda "A" va "V" davlatlari mavjud. "A" davlat LA miqdorda mehnat resurslari bilan, "V" davlat esa AL* miqdorida resurslar bilan ta’minlangan. Ikkala davlatning umumiy mehnat resurslari LL* ga tengdir. S1 va S2 to’g’ri chiziqlari bu ishchi kuchi evaziga yaratilgan mahsulot hajmi. Agarda, xalqaro mehnat migratsiyasi namoyon bo’lmasa, "A" davlat ichki mehnat resurslari zahirasidan foydalanib ularga o’rtacha real ish xaqi LC to’laydi. "V" davlat xam o’z mehnat resurslari zahirasidan foydalanib L*D miqdorida o’rtacha real ish xaqi to’laydi. "A" davlat bor ichki mehnat resurslaridan foydalangan holda a+b+c+d+e miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi. "V" davlatning ishlab chiqaradigan mahsuloti hajmi i+j+k ga teng bo’ladi. "V" davlat "A" davlatga qaraganda ishchi kuchiga bir muncha ko’p xaq to’lamoqda. LCDavlatlarning real o’rtacha ish xaqlari turlicha bo’lganligi munosabati bilan "A" davlatning bir qism AV ishchilari "V" davlatga o’tishadi. Natijada, ikkala davlatning ish xaqi darajalari BR muvozanat holatga erishadi. "A" davlatda qolgan mehnat resurslari va "V" davlatga ishlash uchun ketgan ishchi kuchi evaziga yaratilgan yalpi mahsulot hajmi a+b+c+d+e+h ga ko’paygan. Bu yerda a+b+c+d "A" davlatdan ketmagan ishchi kuchiga tegishli yaratilgan mahsulot bo’lsa, e+h "V" davlatga emigratsiya qilingan ishchi kuchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini tashkil etadi. Rasmga e’tiborni qaratadigan bo’lsak, "A" davlat, mehnat unumdorligini oshirgani xolda va ko’chib o’tgan ishchilar tomonidan yaratilgan yalpi mahsulot x segmentiga ortgan. Bu esa ishlovchilar daromadini oshishiga olib kelmoqda. "V" davlatdagi o’zgarishni qaraydigan bo’lsak, "A" davlatdan kelgan migrantlar hisobiga, "V" davlatning o’rtacha real ish xaqi L*D dan L*F=BR gacha pasayganligi kuzatiladi. Ammo o’z navbatida "V" davlatda yaratilgan ichki mahsulot hajmi i+j+h dan i+j+h+g+e ga ko’paygan. Bunda h+e segmentlar, xorijiy ishchi kuchidan yaratilgan mahsulot hajmiga to’g’ri keladi va bir qismi daromaddan ushlab qolinadigan soliqni ayirib tashlagan xolda xorijiy ishchi kuchiga maosh tarzida to’lanadi. Sof ichki ishlab chiqarish hajmi esa 8 ~ segmentni tashkil etadi.
Real o’rtacha ish xaqi darajasi pasayganligi munosabati bilan "V" davlatdagi ishlovchilar daromadlari j+k danga qisqaradi. Boshqa ishlab chiqarish omillari egalarining daromadi i-dan i+g+j ga ko’tariladi. Bir davlatdan ikkinchi davlatga ishchilarni migratsiya qilish natijasida yaratilgan yalpi umumiy ishlab chiqarish hajmi [a+b+c+d+e] + [k+j+I] dan [a+b+c+d] + [e+g+h+i+j+k] ga ko’paygan. Bu yerda h, "A" davlatning bir kism mehnat resurslarining "V" davlatga emigratsiya qilish tufayli va qolgan ishchi kuchidan samarali foydalangan xolda oshirilgan ishlab chiqarish hajmini anglatadi. g- segment esa "V" davlatning, xorijiy ishchi kuchidan foydalanilgan xolda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidir. SHunday qilib, ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi tufayli ikkala davlat xam o’zaro manfaatli natijalarga erishishga muyassar bo’lishdi.
O’zbekistan xam xalqaro savdo va moliya-kredit munosabatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda ishchi kuchining xalqaro migratsiyasida o’zining ishtirokini kengaytirmog’i lozim.