4-bob. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyaSI


mavzu. Xalqaro kapital migratsiyasi va transmilliy kompaniyalar



Yüklə 85,89 Kb.
səhifə8/12
tarix01.07.2023
ölçüsü85,89 Kb.
#135584
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
mavzu. Xalqaro kapital migratsiyasi va transmilliy kompaniyalar

Reja:

    1. Kapital eksporti - xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ilg’or shakli sifatida

    2. Kapital eksportining asosiy shakllari va uning o’ziga xos tomonlari

    3. Xalqaro korporatsiyalarning mohiyati, tuzilmasi va ko’rinishlari

    4. Jahon xo’jaligida transmilliy korporatsiyalarning roli

5.1. Kapital eksporti - xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ilg’or shakli sifatida
Kapitalni xorijga chiqarish, uning davlatlar orasida faol migratsiyasi zamonaviy jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim ajratib turuvchi tomoniga aylandi.
Kapital olib chiqish jahon xo’jaligining chuqur rivojlanishi davrida tovar olib chiqish monopoliyasini sindirdi. Tovar olib chiqishni to’ldiruvchisi va uning vositachisi bo’lib, kapital olib chiqish xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida aniqlovchi omilga aylanib bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (IHRT) baholashiga qaraganda, 80-yillardan boshlab to’g’ridanto’g’ri yo’natirilgan investitsiyalarning yillik o’sishi taxminan 34-35% ni tashkil etib, xalqaro savdo o’sishidan qariyb 5 marta ko’proqdir.
Kapital olib chiqish ma’lum bir milliy davlat o’z aylanmasidan bir qism kapitalni olib, uni boshqa bir davlatning ishlab chiqarish jarayoniga va aylanmasiga tovar yoki pul formasida joylashtirishida namoyon bo’ladi. Dastlabki yillarda kapital olib chiqish jahon xo’jaligi pereferiyasiga kapitalni eksport qiladigan kam sonli sanoati rivojlangan davlatlarga xos bo’lgan xolos edi. Jahon xo’jaligining rivojlanishi esa bu jarayon doirasini sezilarli ravishda kengaytirdi, natijada kapital chiqarish har qanday muvaffaqiyatli, dinamik rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotning funktsiyasi bo’lib qoldi. Hozirgi kunda kapitalni ilg’or sanoati rivojlangan davlatlar ham,o’rtacha rivojlangan davlatlar ham, rivojlanayotgan, ayniqsa “yangi industrial” davlatlar ham chiqarmoqdalar.
Kapital olib chiqishning asosiy sababi uning ma’lum bir davlatlarda “nisbatan" ortiqcha bo’lib qolishligidir. Ishbilarmonlik foydasi yoki foiz olish maqsadida kapital chet elga chiqariladi. Kapital eksporti ichki investitsiya uchun kapital yetishmagan holda ham amalga oshirilishi mumkin. 90-yillarda umumjahon bo’yicha ortiqcha kapital 180-200 mlrd. dollarga teng deb baholangan edi. XX asrning ikkinchi yarmidan so’ng chetga kapital chiqarish tinimsiz o’sib bordi. Kapital eksporti hozirgi kunda o’sish sur’atlari bo’yicha tovar eksportini ham, sanoati rivojlangan davlatlarda yalpi ichki mahsulotning o’sish darajasini ham orqada qoldirmoqda. Kapital olib chiqish masshtabining keskin kengayishi xalqaro migratsiyaning kuchayishiga olib kelmoqda.
Xalqaro kapital migratsiyasi- kapital egasi uchun foyda keltiruvchi, davlatlar orasidagi qarama-qarshi harakatdir. Har bir davlat bir vaqtning o’zida kapitalning importyori va eksportyori bo’lib hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida katta foyda uchun kapital olib chiqishning eng muhim sabablari quyidagilardan iboratdir: - kapital olib chiqilayotgan davlatda uning ortikcha to’planganligi;

  • jahon xo’jaligining turli zvenolarida kapital talabi va taklifining mos kelmasligi;

  • mahalliy bozorni monopolizatsiya qilish imkoniyati mavjudligi;

kapital eksport qilinadigan davlatda arzonroq xom-ashyo va ishchi kuchining mavjudligi;

  • barqaror siyosiy holat va umuman qulay investitsion muhitning mavjudligi. Amaliy hayotda investitsiya qilish zaruriyati o’zida investitsion muhitning barcha qismlarini mujassamlashtirgan sabablar kompleksi va shuningdek ayrim bozorlarning nisbiy ustunligi tamoyillari bilan belgilanadi. Kapital olib chiqishga sabab bo’luvchi va uni rag’batlantiruvchi omillar quyidagilardir:

  1. Kapital olib chiqishni faollashtiruvchi, harakatlantiruvchi kuch bo’lib milliy iqtisodiyotlarning o’sib borayotgan o’zaro bog’liqligi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi xalqaro kapital harakatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Kapital eksportining bosh omili bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri yo’naltirilgan investitsiyalar ishlab chiqarishni xalqaro ishlab chiqarishga aylanishi va shuningdek xalqaro mahsulot yaratishidir. Xalqaro mahsulot-global xalqaro bozorda sotiladigan mahsulotdir. U unifikatsiya qilingan va geografik joylashishi, milliy yoki boshqa o’ziga xosliklardan qat’iy nazar sotiladi (avtomobillar, samolyotlar, radioelektronika, komp’yuterlar, asbob-uskunalar va h.k.lar).

  2. Xalqaro sanoat kooperatsiyasi, transmilliy korporatsiyalarning sho’’ba korxonalariga qo’yiladigan qo’yilmalari.

3.Sanoati rivojlangan davlatlarning iqtisodiy o’sish sur’atlarini ushlab turish, sanoatning ilg’or sohalarini rivojlantirish, bandlik darajasini saqlash uchun sezilarli hajmda kapital jalb qilishga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosati.

  1. Xorijiy kapital jalb qilish yordamida o’z iqtisodiy rivoji uchun sezilarli turtki berish, “kambag’allik doirasidan” chiqib ketishga harakat qilayotgan rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy o’z-o’zini tutishi.

  2. Ekologiya omillari sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Xalqaro korporatsiyalar qattiqlashayotgan ekologik normalar tufayli ishlab chiqarishni sanoati rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga ko’chirishi.

  3. Kapital oqimini yo’naltiruvchi va tartibga soluvchi xalqaro moliyaviy tashkilotlar muhim rol o’ynashi.


Yüklə 85,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin