§ 4.5. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasining eksportyor-importyor mamlakatlarga iqtisodiy ta’siri Xalqaro xuquqiy xujjatlarda ishsizlikni kamaytirish, emigrant-ishchilardan valyuta mablag’larini kirib kelishi, qabul qiluvchi mamlakatda ularga yetarli darajadagi turmush sharoitini ta’minlashga ko’mak berish uchun emigratsion siyosat olib borilishi qayd etiladi. Migrantlarning asosiy qismini 30-40 yoshdagilar tashkil etadi, ularning xorijga chiqishi ichki mehnat bozoridagi raqobatni yumshatish imkoniyatini beradi. Binobarin, milliy iqtisodiyotning beqarorligi sharoitida ijtimoiy keskinlik yumshatiladi.
Emigrantlarning o’tkazmalaridan kelib tushadigan valyuta mablag’lari jahondagi asosiy ishchi kuchi eksportyorlari (Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlari, shuningdek, ba’zi sobiq sotsialistik davlatlar) uchun milliardlab dollar bilan o’lchanadi. Bunday mamlakatlar o’nta atrofida. O’ttizdan ko’proq mamlakat yiliga 100 va undan ko’proq million dollar miqdorida emigrantlarning pul o’tkazmalarini oladi. Bunda kanal orqali valyuta daromadlari olishda ishlab chiqarish xarajatlari bilan kuzatilmaydi, zero bunday xarajatlar tovar savdosiga xosdir. Natijada ishchi kuchi eksportidan iqtisodiy samara tovarlar yoki xizmatlar savdosidagidan taxminan besh marta yuqori bo’ladi. Mutaxassislar migrantlarning chet elga chiqishidan keladigan valyuta daromadlarining beshta manbasini ko’rsatib o’tishadi: vositachi-firmalar foydasidan soliqlar, migrantlarning o’z yurtiga pul o’tkazmalaridan soliqlar, migrantlarning shaxsiy investitsiyalashlari, ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlardan eksportyor mamlakatlarga davlarlararo kanallar orqali kelib tushadigan kapitallar, xayriya fondlari va xalqaro tashkilotlarning subsidiyalari.
Bundan tashqari migrantlar chet elda ishlab kaytgandan so’ng, odatda ikki-etti yil davomida valyuta o’tkazmalariga ekvivalent miqdorda qimmatli buyumlar va jamg’armalar olib kelishadi. Ishchi kuchi eksportining o’ziga xos ijobiy tomonlariga uzoq vaqt davom etgan xorijiy faoliyatdan so’ng bu ishchilarning umumiy kasb mahorati darajasi ortadi va ular o’z vatanlarida iqtisodiy hayotning yangi sohalarida ishlashga tayyor bo’lishini kiritish mumkin.
Ishchi kuchining chet elga yuborilishining salbiy jihatlari ichida eng asosiysi mehnatga layoqatli va yuqori malakali mutaxassislarning yo’qotilishi hisoblanadi. Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlar odatda, migrantlar soni va sifatiy tarkibini tartibga solib boruvchi iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlardir. Tartibga solish dastaklari sifatida immigratsion kvotalar va turli cheklashlardan (migrantning yoshi, ma’lumotlilik saviyasi, kasb maxorati darajasi, sog’ligi kabilar) foydalaniladi. SHuning uchun xam xorijdan ishchi kuchini jalb etishga tanlov tamoyilidan foydalanish to’g’risida gapirish mumkin.
Ichki mehnat bozorida qo’shimcha ishchi kuchini paydo bo’lishining shubhasiz ijobiy jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
immigrantlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning xarajatlarni kamayishi (xorijliklar importyor-mamlakat fuqarolariga nisbatan faolrok va kamrok ish xaqiga ishlashga tayyor bo’lishadi) hisobiga raqobatbardoshligi oshadi;
migrant-ishchilar tomonidan tovar va xizmatlarga ichki talabni rag’batlantirilishi; • malakali mutaxasssislar tayyorlash, ijtimoiy dasturlar, shuningdek, boshqa davlatlardan patentlar, litsenziyalar va nou-xaular sotib olishga zarur mablag’larni tejalishi;
ishchi kuchi taklifi sohasida raqobatni kuchaytirish orqali ichki mehnat bozoriga qo’shimcha egiluvchanlikni berish.
Biroq ishchi kuchini eksport qilishdagi singari uning importida xam salbiy jihatlar mavjud. Xususan, rezidentlar va migrantlar o’rtasidagi ish joyi uchun qo’shimcha raqobat ishsizlikni kuchayishiga olib keladi. Immigrantlar oqimini kengayishi bilan bog’liq ravishda mamlakatdan valyuta mablag’larini xorijga chiqib ketishi ortib boradi. Bundan tashqari xorijiy ishchi kuchi, ayniqsa, afrikalik va osiyoliklar G’arbiy Yevropa va SHimoliy Amerikada milliy, irqiy va diniy negizdagi to’qnashuvlarni keltirib chiqaradi, iqtisodiyot kriminallashadi.
SHunday qilib migratsiya jarayonlarining jahon mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’siri yetarli darajada ziddiyatlidir, uning salbiy va ijobiy tomonlarini nisbiy baholash mazkur mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va uning XIM tizimidagi holatiga bevosita bog’liq bo’ladi.