4-bob. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyaSI



Yüklə 85,89 Kb.
səhifə7/12
tarix01.07.2023
ölçüsü85,89 Kb.
#135584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tayanch iboralar: Ishchi kuchi migratsiyasi, ishsizlar, ishga layoqatli shaxslar, ishchi kuchini eksport-import qiluvchi mamlakatlar, “aqlli kishilar”ning ketib qolish muammosi.
Bobning qisqacha xulosasi:
Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) o’zining hozirgi ko’rinishiga so’nggi ellik yil davomida shakllandi. JIKB tarkibiga xam migrantlar -mehnat qobiliyatli yoshdagi iqtisodiy faol odamlar, xam xorijda ish qidirishga intilayotgan odamlarga ko’maklashuvchi migratsiya xizmatlari va xalqaro tashkilotlari kiradi. Mehnat migratsiyasining asosiy yo’nalishi ishchi kuchining rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga chiqishi sanaladi, xorijiy ishchilarni o’ziga tortuvchi asosiy xalqaro markazlar SHimoliy Amerika, G’arbiy Yevropa, Avstraliya va Isroil hisoblanadi. Bular bilan mehnatkash-migrantlarni o’ziga tortuvchi yangi hududiy «qutblar»: ba’zi arab davlatlari raqobat qila boshladi.
Mehnat migratsiyasining milliy iqtisodiyotlarga ta’siri darajasi turlicha bo’lib, ko’p jihatdan hukumat tomonidan olib boriladigan siyosatga bog’liq. Ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlar asosiy foydani xorijdan valyuta transferti oqimlarini kengayishidan oladi, ammo bunda ko’pchilik xollarda yuqori malakali kadrlarini yo’qotadi. Importyor mamlakatlar esa mehnat immigratsiyasining miqdoriy va sifat darajasini kvotalar va cheklashlar joriy qilish orqali tartibga solishga harakat qiladi, hozirgi paytda malakali kadrlarni va ilmiy-texnika sohasidagi ekspertlarning kirib kelishi maqsadga muvofiqdir.
Aqlli kishilarni ketib kolishi muammosi XIMda keyingi yigirma-o’ttiz yillar ichida eng dolzarb muammoga aylandi. Muammoning mohiyati shundaki, ishga joylashish maqsadida xorijga chiqib ketgan malakali kadrlarni yo’qotish eksport qiluvchi mamlakat uchun ma’lum miqdorda iqtisodiy zarar yetkazadi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Jahon ishchi kuchi bozorining vujudga kelish sabablarini ayting.

  2. JIKBning mohiyati nimada?

  3. Mehnat migratsiyasining asosiy yo’nalishlari va markazlarini

  4. ayting.

  5. Mehnat migratsiyasining qanday ko’rinishlarini bilasiz?

  6. O’zbekistonning xalqaro migratsiya aylanmasidagi holatini tushuntiring?

  7. Ishchi kuchi eksport qiluvchi mamlakatlarga ishchi kuchi eksportidagi ijobiy va salbiy jihatlarini tushuntirib bering

  8. Ishchi kuchi importidan olinadigan iqtisodiy samara qanday?

  9. «Aqlli kishilarning ketib kolishi» muammosining mohiyati nimada?



  1. Yüklə 85,89 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin