4-bob. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyaSI


Jahon xo’jaligida transmilliy korporatsiyalarning roli



Yüklə 85,89 Kb.
səhifə11/12
tarix01.07.2023
ölçüsü85,89 Kb.
#135584
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5.4. Jahon xo’jaligida transmilliy korporatsiyalarning roli BMT ekspertlarining fikricha transmilliy korporatsiyalar (TMK) “jahon mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishidagi asosiy dvigatellari” dan biri bo’lib hisoblanadi. 90-yillarning o’rtalariga kelib jahon xo’jaligida 40 mingdan ortiq TMKlar mavjud bo’lib, ular o’z davlatlaridan tashqarida faoliyat qo’rsatib kelayotgan 250 mingga yaqin sho’’ba korxonalarni ham nazorat qilib turishgan. TMKlarning soni oxirgi yigirma yillar mobaynida 5 barobar ko’paygan edi (1970 yilda 7 mingta bunday firmalar ro’yxatga olingan). Hozirgi kunda jahon xo’jaligida mavjud bo’lgan 100 ta eng yirik xalqaro kompaniyalarning 40% mulki (shu jumladan moliyaviy mulki ham) boshqa davlatlar hududiga to’g’ri keladi.
Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalarning asosiy qismi AQSH, YeI davlatlari va Yaponiyada joylashgandir. TMK jahon xo’jaligida ishlab chiqarilayotgan sanoat maxsulotlarining 40% ni xalqaro savdoni esa 50 – 55%i ustidan o’z nazoratini o’rnatgan. TMKning korxonalarida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarning yillik miqdori 1 trln. AQSH dollaridan oshiqroqni tashkil etib, ularda 73 mln.dan ortiqroq kishi ishlaydi (ya’ni jahonda ish bilan band aholining 1/10 qismini tashkil etadi).
BMTning savdo va rivojlanish bo’yicha komissiyasi (YuNKTAD) tomonidan xar yili kompaniyalar aktsiyalarining bozorda kapitallashtirilishini baholash orqali o’tkaziladigan reytingda quyidagi o’nta kompaniya yetakchilik qilishmoqda (5.4.1.jadvalga qarang).
5.4.1-jadval. Dunyoning yirik kompaniyalari

Reytingdagi mavqei 2002y.

Kompaniya

Bosh ofis qayd qilingan mamlakat

1

Vodafone

Buyuk Britaniya

2

General Elektric

AQSH

3

Exon Mobil

AQSH

4

Vibendi

Frantsiya

5

General Motors

AQSH

6

Royal Datch/Shell Group

Niderlandiya, Buyuk Britaniya

7

British Petroleum

Buyuk Britaniya

8

Toyota Motor

Yaponiya

9

Telefonika

Ispaniya

10

Fiat

Italiya

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, yetakchi o’rinlarni Amerika, G’arbiy Yevropa va Yaponiya TMKlari egallab turishibdi. "Faynenshnl Tayme" eng ishonchli va e’tiborli Yevropa TMKlari qatoriga «ABB» SHvetsiya-SHveytsariya mashinasozlik kontsernini, Buyuk Britaniyaning «British Eyrueyz» kompaniyasini, SHveytsariyaning «Nestle» guruhini, «BMW» nemis avtomobil kontsernini va «Simens» elektrotexnika korporatsiyasini kiritadi.
Hozirgi kunda transmilliy korporatsiyalarning huquqiy filiallari va sho’’ba korxonalari jahonning turli davlatlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu kompaniyalar nisbatan mustaqil bo’lib, ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy tadqiqot va iste’molchilarga xizmat ko’rsatish kabi ishlarni bajaradi. Umuman ular yagona ishlab chiqarish-sotish majmuini tashkil etib, bu majmuada hissadorlik kapitalga faqat ta’sischi davlat egalik qiladi. SHu bilan birga TMKlarning filial va sho’’ba korxonalari aralash korxonalar ko’rinishida ham bo’lishi va ularda milliy kapital ustunlik qilishi ham mumkin.
Jahon xo’jaligida transmilliy va ko’pmilliy korporatsiyalar qatoriga xalqaro kompaniyalar ichida ajralib turuvchi global korporatsiyalarni (GK) ham kiritish mumkin. Ushbu kompaniyalar XX asrning 80-yillarida vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda kuchayib bormoqda. Global korporatsiyalar zamonaviy jahon moliya kapitalining butun qudratini namoyon qiladi. Jahon iqtisodiyotida globalizatsiya jarayonlari hozirgi kunda ko’proq ximiya, elektrotexnika va elektron sohalarda neft va avtomobil sohalarida axborot, bank va boshqa bir necha sohalarda ro’y bermoqda.
Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar yirik investitsiya va yuqori malakali mutaxasislarni talab qiluvchi yuqori texnologiyali, ilmtalab sohalarga kirib boradi. Ushbu sohalarni transmilliy korporatsiyalar tomonidan monopoliya qilish tendentsiyasi ro’y bermoqda. Hozirgi kunda 500 dan ortiq eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 90 ga yaqini xorijiy mamlakatlardagi investitsiyalarning 7075% i ustidan o’z nazoratini o’rnatgan bo’lib, bu 500 dan ortiq gigant TMKlar hissasiga jahon bozorlariga chiqarilayotgan elektronika va ximiya sanoatining 8082% i, farmatsevtikaning 93-95%, mashinasozlikning 76-80% sanoat mahsulotlari to’g’ri kelmoqda.
Jahon iqtisodiyotida kuchli ishlab chiqarish bazasiga ega bo’lgan transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqarishni, tovar bozorlarini samarali rejalashtirishni ta’minlovchi ishlab chiqarish-savdo siyosatini yurgizadilar. Rejalashtirish bosh kompaniya doirasida amalga oshiriladi va sho’’ba korxonalariga tarqatiladi. Jahon iqtisodiyotida xalqaro korporatsiyalarni vujudga kelishi va rivojlanishiga misol qilib, o’z qo’lida jahon kundalik elektr jihozlari va sanoat uskunalari bozorining 25% ini ushlab turgan “Elektrolyuks” TMKni ko’rsatish mumkin. 1912 yilda ikki shved kompaniyalarining birlashishi natijasida vujudga kelgan “Elektrolyuks” 20-yillardayoq Avstraliya va Yangi Zelandiya bozoriga chiqib, u yerda ishlab chiqarishini tashkil qilgan edi. Oxirgi o’n yilliklarda “Elektrolyuks” AQSHda uchinchi o’rinda turuvchi, “Vestingauz”, “Gibson” va boshqa markalar ostida kundalik texnika va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi “Uayt
Konsolideyted” kompaniyasini, Italiya va butun janubiy Yevropada eng yirik elektr tovarlari ishlab chiqaruvchi “Zanussi” firmasi va shuningdek GFRda asosiy elektr tovarlari ishlab chiqaruvchi “AEG” firmasini aktsiyalarini sotib olgan edi. Xullas, bu uch firmani kushib olganidan keyin SHvedlarning “Elektrolyuks” kompaniyasi jahonning 75 mamlakatida kundalik elektrotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha rivojlangan tizimga ega bo’lgan lider kompaniyaga aylandi.
90-yillarning o’rtalarida ushbu transmilliy korporatsiyaning korxonalarida 110mingdan ortiq kishi ishlab, uning yillik aylanmasi o’rtacha 16 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan edi.
Jahon iqtisodiyotida o’z ekspansiyasini kengaytira borib, transmilliy korporatsiyalar jahon bozorini o’zlashtirishning turli shakllaridan foydalanadilar. Bu shakllar ko’p jihatdan shartnomaga asoslanadi va hissadorlik kapitalida boshqa firmalarning qatnashishiga bog’liq bo’lmaydi. TMK iqtisodiyotining bunday shakllariga ko’pincha quyidagilar kiritiladi:

  • litsenziya berish;

  • franchayzing (franchise - 1) ovoz berish huquqi; 2) imtiyoz, engillik);

  • boshqaruv shartnomalari;

  • texnik va marketing xizmatlarni ko’rsatish;

  • korxonalarni “kalit ostida” topshirish;

  • vaqt bo’yicha cheklangan qo’shma korxonalar tuzish haqidagi shartnomalar va alohida operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha kelishuvlar va boshqalar.

Litsenzion kelishuv yuridik shartnoma bo’lib, unga ko’ra litsenziar litsenziantga bir qancha muddatga ma’lum to’lov evaziga ma’lum huquqlar beradi. Litsenziya berish transmilliy korporatsiyaning ichki firma shartnomalari bo’yicha ham, texnologiya berishning tashqi kanallari bo’yicha ham amalga oshiriladi.
Franchayzing – uzoq muddatga mo’ljallangan litsenzion kelishuvdir. Bunda franchayzer klient-firmaga ma’lum huquqlar beradi. Bu huquqlar o’z ichiga ma’lum to’lov evaziga savdo markasi yoki firma nomidan foydalanish, shuningdek texnik yordam ko’rsatish, ishchi kuchi malakasini oshirish, savdo va boshqarish bo’yicha xizmat ko’rsatish sohalarini oladi.
80-yillardan so’ng jahon iqtisodiyotida oxiridan boshqaruv va marketing xizmatlarini ko’rsatish kabi transmilliy korporatsiyalar ekspansiyasini shakli keng tarqaldi. Boshqaruv xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha shartnomaga ko’ra, korxonani operativ nazorat qilish ma’lum to’lovlar evaziga boshqa korxonaga beriladi. Texnik xizmat ko’rsatish haqidagi shartnomaga ko’ra transmilliy korporatsiyalar ushbu firma faoliyatining qandaydir maxsus tomoniga bog’liq bo’lgan texnik xizmatlarni amalga oshiradilar. Ko’pincha bunday shartnomalar mashina va uskunalarni remont qilish, “nou-xau” dan foydalanish bo’yicha maslaxatlar, avariyalarni tugatish va sifatni nazorat qilish bilan bog’liq bo’ladi.
Jahon iqtisodiyotida zavodlarni “kalit ostida” topshirish haqidagi shartnomalar keng tarqaldi. Bunda transmilliy korporatsiyalar ma’lum ob’ektni rejalashtirib ko’rish uchun zarur bo’lgan barcha (asosiy ishni) faoliyatni amalga oshirish javobgarligini bo’yniga oladilar.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan xalqaro bozorlarni egallashning eng muhim shakllaridan biri xorijda maxsus investitsion kompaniyalar tashkil qilishdir. Bu kompaniyalarning vazifasi TMKning sho’’ba va hamkorlikdagi korxonalarining mahsulotlarini mintaqaviy bozorlarga chiqarishni rag’batlantirish uchun ularni investitsiyalashdir. Bunday usuldan hozirgi kunda alkogolsiz ichimliklarni sotish bo’yicha eng yirik xalqaro kompaniyalar “Pepsi-kola” va “Koka-kola” Afrikada foydalanishmoqda.
Ma’lumki, transmilliy korporatsiyalar zamonaviy jahon xo’jaligining muhim ishtirokchilariga aylanib bormoqda. Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan TMKlarining xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqtisodiy aloqalaring xarakterini belgilab beradi. Bu davlatlar eksportida milliy kompaniyalarning uzlarining xorijdagi filiallariga tovar yetkazib berishlari va xizmat ko’rsatishlarining ulushi kattadir. 80-yillarning ikkinchi yarmida bunday firma ichidagi savdoning ulushiga AQSH eksportining 14-20% i, Yaponiya eksportining 23-29% i va GFR eksportining 24-28% i to’g’ri kelgan edi. TMK jahondagi xususiy ishlab chiqarish kapitalining 1/3 qismi ustidan, xorijdagi to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning esa 90% ini nazorat qiladilar.
Transmilliy korporatsiyalarning sohaviy struturasi ham turli tumandir. Xalqaro korporatsiyalarning 60% i ishlab chiqarish sohasida, 37% i xizmat ko’rsatish sohasida 3% i qazib chiqarish va qishloq xo’jaligi sohasida banddir. Amerikaning “Forchun” jurnali ma’lumotlariga qaraganda jahonning eng yirik 500 dan ortiq korporatsiyasi ichida 4ta majmua - elektronika, neftni qayta ishlash, ximiya va avtomobilsozlik sanoat tarmoqlar asosiy rol o’ynaydi. Ular jahon iqtisodiyotida TMKlarning olib borayotgan tashqi savdo faoliyatining 80%ti ana shu tarmoqlarga to’g’ri keladi.
Transmilliy korporatsiyalarning jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi faoliyatining yaxshi tomonlarini aytganda, ularning faoliyat ko’rsatayotgan davlatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini ham aytib o’tish lozim bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir:

  • TMK faoliyat ko’rsatadigan davlatlarning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga xalaqit berishi;

  • davlat qonunlarini buzishi;

  • monopol narxlar o’rnatishi, rivojlanayotgan davlatlarning huquqini cheklovchi shartlarga majbur etishi va boshqalar.

Xullas, jahon iqtisodiyotida TMKlar xo’jaliklararo aloqalarning rivojiga doimo e’tibor berib, o’rganish va yetarli darajada xalqaro nazorat talab qiluvchi murakkab va doimiy ravishda rivojlanib borayotgan fenomendir.

Yüklə 85,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin