Autentifikatsiya jarayoni foydalanuvchini tizimdan foydalanish uchun uni haqiqiyligini tekshirish sanalib, 2-rasmda keltirilganidek, autentifikatsiyalash jarayoni kriptografik usullardin foydalanilgan holatda amalgi oshirilib, bunda kriptografik kalit uzutish protokollari, autentifikatsiyalash protokollari, ma’lumotni autentifikatsiyalash kodlari va hak. foydalaniladi. Ushbu jarayonda ham kriptografik himoya usullari o‘zining bardoshligi, ishonchliligi bilan ajralib turadi.
Kriptografiya - axborotlarni aslidan o‘zgartirilgan holatga akslantirish uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug‘illanadi. Dastlabki sistemalashgan kriptografik uslublar eramiz boshida, Yuliy sezarning ish yuritish yozishmalarida uchraydi. U, biror ma’lumotni mahfiy holda, biror kishiga yetkazmoqchi bo‘lsa, alfavitning birinchi harfini alfavitning to‘rtinchi harfi bilan, ikkinchisini beshinchisi bilan va hokazo shu tartibda almashtirib matnning asli holatidan shifrlangan matn holatiga o‘tkazgan.
Axborotlarning muxofazasi masalalari bilan kriptologiya (kryptos- mahfiy, logos- ilm) fani shug‘illanadi. Kriptologiya maqsadlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ikki yo‘nalishga ega: – kriptografiya va kriptoanaliz. Kriptografiyaning ochiq ma’lumotlarni shifrlash masalalarini matematik uslublari bilan shug‘illanishi to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tildi.
Kriptoanaliz esa shifirlash uslubini (kalitini yoki algoritmini) bilmagan holda shifrlangan ma’lumotni asli holatini (mos keluvchi ochiq ma’lumotni) topish masalalarini yechish bilan shug‘illanadi.
Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi to‘rtta bo‘limni o‘z ichiga oladi:
Simmetrik kriptotizimlar.
Ochiq kalit algoritmiga asoslangan kriptotizimlar.
Elektron raqamli imzo kriptotizimlari.
Kriptotizimlar uchun kriptobardoshli kalitlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishni boshqarish.
Kriptografik uslublardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari: mahfiy ma’lumotlarni ochiq aloqa kanali bo‘yicha muhofaza qilish holda uzatish, ularning xaqiqiyligini ta’minlash, axborotlarni (elektron xujjatlarni, elektron ma’lumotlar jamg‘armasini) kompyuterlar tizimi xotirasida shifrlangan holda saqlash va shu kabi masalalarning yechimlarini o‘z ichiga oladi.
Takidlash joizki, kriptografiya uzoq vaqt davomida davlat organlari aloqa tarmoqlarida almashinadigan ma’lumotlar muhofazasining tahminlanishida qo‘llanib kelindi. Kompyuter tarmoqlari va elektron hujjat almashinuvi texnologiyalarining rivojlanishi moliya, bank ishlari, savdo-sotiq kabi sohalarda qo‘llanilishi axborot muhofazasining kriptografik usullarini umumjamiyat faoliyatining turli sohalariga keng kirib borishiga sabab bo‘ldi. Haqiqatan ham, aloqa tarmoqlarida axborotni muhofaza qilinishi, kriptografik usulda ta’minlash umumjamiyat taraqiyotining rivojlanish bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lgan uzoq tarixiy manbalariga ega bo‘lib, umuminsoniyat jamiyatiga xhizmat qilmasligi (ya’ni kriptografik usullarni keng omma tomonidan foydalanilishining cheklanishi) taajublanarli holat bo‘lar edi.