y=xz, (1.1)
tenglama bilan ifodalanadi va bunda x, y, z o‘zgaruvchilar ikkilik sanoq sistemasi alfavitlarida qiymatlar qabul qiladi, belgi esa 2 modul bo‘yicha qo‘shish amalini bildiradi, ya’ni: 00=0, 01=1, 10=1, 11=0. Bu algoritmning mohiyati deshiflash kalitining faqat bir marta ishlatilishiga asoslangan bo‘lib, bunda shifrlash har safar yangi tasodifiy bitlardan iborat kalit bilan amalga oshiriladi. Bunday shifrlash uslubidan ko‘rinib turibdiki, shifrlash va deshifrlash uchun ochiq matn uzunligi bilan teng bo‘lgan bitta kalitdan foydalaniladi, hamda bu kalitning foydalanuvchiga muhofazalangan aloqa kanali orqali uzatilishi talab etiladi. Bundan tashqari, shu usul bilan shifrlangan matnni deshifrlash imkoniyati murakkab bo‘lib, bu uningmuallifi G. S. Vernam tomonidan ham takidlagan bo‘lsada, isboti keltirmagan. Kriptologiya sohasidagi ilmiy ishlarning avtorlari, 1949 yilgacha bo‘lgan davrni qat’iy isbotsiz - faqat intuitsiya va «ishonchga» asoslangan - ilmiy asoslanmagan kriptologiya davri, deb ataydilar. Ta’kidlab o‘tish joizki, Angliya kriptologiya xizmati ikkinchi jahon urushi yillari davrida matematiklar kriptologiyaning rivojlanishiga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shishlari mumkinligiga iqror bo‘ldilar. Alan Tyuring ham kriptologiya xizmati mutaxassislaridan biri bo‘lgan. K.E. Shennonning 1949 yilda chop etilgan «Mahfiy tizimlarda aloqa nazariyasi», deb nomlangan ilmiy maqolasi ilmiy asoslangan mahfiy kalitli kriptografiya davrini boshlab berdi. Shennon o‘zining elektrotexnika va matematikaga oid bilimlaridan kelib chiqib, mahfiy aloqa tizimi nazariyasining asosini 1948 yilda e’lon qilingan – axborotlar nazariyasiga bag‘ishlangan ilmiy maqolasi asosida yaratdi. Shennon o‘zining bu ilmiy maqolalarida Vernam uslubida shifrlashning ishonchliligi darajasiga to‘xtalib, deshifrlash maksimal murakkablikka egaligini, hamda shu uslubda shifrlashdan foydalanuvchiga mahfiy aloqa kanali orqali uzatiladigan mahfiy kalit hajmi (uzunligi) uchun aniq quyi chegaraning qanday bo‘lishini ilmiy asosda isbotlab berdi Shennonning 1948 yilda e’lon qilingan ilmiy maqolasi kriptologiya sohasidagi ilmiy maqolalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Uning tomonidan 1948-1949 yillarda e’lon qilingan ilmiy maqolalari katta ahamiyatli bo‘lsada, kriptologiya sohasidagi ilmiy maqolalarning sezilarli ko‘payishiga olib kelmadi. Bunga sabab, ehtimolki, Shennonning mahfiy tizimlarda aloqa nazariyasining mahfiy kalitga asoslangani bo‘lib, mahfiy kalitni foydalanuvchiga yetkazish masalalari yechimining murakkabligi bilan bog‘liqligidadir. 1976 yilda U. Diffi va M.Ye. Xellmanning «Kriptografiyada yangi yunalish», deb nomlangan maqolasining e’lon qilinishi shu sohadagi ochiq ilmiy ishlar rivojining juda yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Ular ushbu ishlari orqali, mahfiy aloqa tizimlarida ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlashda mahfiy kalitning tizim foydalanuvchilari orasida maxsus muhofazalangan aloqa kanali orqali uzatilishi va qabul qilinishiga hojat bo‘lmaydigan ilmiy-amaliy uslub asoslarini yaratib, bugungi kunda ham rivojlanib va dolzarblashib borayotgan ochiq (mahfiy bo‘lmagan) kalitli kriptografiya davrini boshlab berdilar. Ta’kidlab o‘tish joizki, R. K. Merklining U. Diffi va M.Ye. Xellmanga bog‘liq bo‘lmagan holda, lekin ular bilan deyarli bir paytda boshqa ilmiy jurnalga bergan maqolasida ham ma’lumotlarni ochiq kalitli shifrlash g‘oyasining asoslari keltirilgan. Ammo R. K. Merkli maqolasining nashriyotda uzoq vaqt e’lon qilinmay to‘xtab qolishi, uni mualliflik huquqidan deyarli mahrum etdi.
Nazorat savollari Kriptogiya fanining asosiy vazifasi.