Shunday qilib, axborot muhofazasining kriptografik uslublari ochiq ma’lumotlarni o‘zgartirib, faqat kalit ma’lum bo‘lgandagina uni asl holatiga qaytarish imkoniyatini beradi.
Shifrlash va deshifrlash masalalariga tegishli bo‘lgan, ma’lum bir alifboda tuzilgan ma’lumotlar matnlarni tashkil etadi.
Alifbo - axborotni kodlash uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to‘plami. Misol sifatida:
- o‘ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‘zbek tili alifbosi;
- o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfaviti;
- yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti;
- ikki yuz ellik oltita belgidan iborat ASSII va KOI–8 standart kompyuter kodlarining alifbosi;
- binar alfavit, ya’ni 0 va 1 belgilardan iborat alfavit;
- sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari belgilaridan iborat alfavitlarni keltirish mumkin.
Matn - alifboning elementlaridan (belgilaridan) tashkil topgan tartiblangan tuzilma.
Shifrlash - ochiq matn deb ataluvchi dastlabki ma’lumotni shifrlangan ma’lumot (kriptogramma) holatigao‘tkazish jarayoni.
Deshifrlash - shifrlashga teskari bo‘lgan jarayon, ya’ni kalit yordamida shifrlangan ma’lumotni dastlabki holatga o‘tkazish.
Kalit - dastlabki ma’lumotni bevosita shifrlash va deshifrlash uchun zarur manba.
Kriptografik tizim - ochiq ma’lumotni shifrlash va deshifrlash jarayonini tashkil etuvchi amallar majmui bo‘lib, alfavit belgilarini almashtirish ketma-ketligidan iborat.
Shifrlash tizimlari foydalaniladigan kalitlar soniga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi: simmetrik vaasimmetrik - ochiq kalitli.
Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash uchun ham va deshifrlash uchun ham bir hil kalitdan foydalaniladi.
Ochiq kalitli kriptotizimlarda ikkita kalitdan foydalaniladi -– o‘zaro matematik bog‘liq bo‘lgan ochiq va yopiq kalitlardan. Bunda ma’lumotlar hammaga ma’lum bo‘lgan ma’lumot yuborilayotgan shaxsning ochiq kaliti bilan shifrlanadi va faqat ma’lumot yuborilayotgan shaxsning o‘zigagina ma’lum bo‘lgan yopiq kalit bilan deshifrlanadi.