Manba : Abdurahmonov Q., Abduramanov H. Demografiya. T.: Noshir, 2011. 89 b 2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, 2009 yili respublikada aholining yosh-jins
tarkibida 0-4, 5-9 yosh guruhidagi erkak va ayollar soni keskin kamaygan,
aksincha 10-14, 15-19 va 20-24 yosh guruhidagilar soni ortgan.
Demografiyada yosh-jins piramidalaridan foydalanishning eng muhim
jihatlaridan biri — bu aholining takror barpo bo‘lishi va yosh tarkibining o‘zaro
aloqadorlikdagi tahlilidir.
Aholining progressiv, statsionar va regressiv yosh tarkiblari 1894 yilda shved
demografi A.G.Sundberg tomonidan birinchi marta ilmiy iste’molga kiritilgan.
11
Ma’lumki, progressiv yosh tarkibida aholi soni ko'payadi, statsionarda aholi
o‘z sonini o‘zgartirmaydi, regressivda csa qisqaradi. Aholining yosh tarkiblari 0-
15 yoshdagi bolalar hamda 50 yoshdan va undan yuqori yoshdagi «qariyalar»
ulushi bilan farqlanadi. A.G. Sundbergning tasnifi bo‘yicha, progressiv yosh
tarkibida bolalar ulushi 40%, qariyalar esa 10 foizni; mos ravishda statsionarda -
27 va 23; regressivda esa 20 va 30 foizlarni tashkil qiladi (5-jadval).
5-jadval
Aholi yosh tarkibining turlari, % hisobida Manba : Abdurahmonov Q., Abduramanov H. Demografiya. T.: Noshir, 2011. 90 b Aholining mazkur yosh tarkibi turlariga yosh piramidasining turlari mos
keladi. Aytish joizki, yosh piramidasining turlari 1930 yillarda nemis statistigi
F.Burgderfer tomonidan taklif qilingan.
Aholining yosh tarkibini iqtisodiy baholash nihoyatda muhim. Chunki,
aholining iqtisodiy farovonligi mehnatga qobiliyatli yoshdagi ishdagi band
bo‘lgan aholining soni bilan bog
’
liq. Shu nuqtai nazardan mehnatga layoqatli
yoshdagi aholiga tushadigan demografik yukni o'rganish lozim.
Demografik yuk koeffitsienti 3 turga ajratiladi:
bolalarning yuk koeffitsienti;
qariyalarning yuk koeffitsienti;
bolalar va qariyalarning yig'indi yuk koeffitsienti.
Ma’lumki, demografik yuk koeffitsienti tadqiqotchi tomonidan
qabul qilingan yosh guruhiga bog'liq. Masalan, taniqli demograf Ernst Kan
demografik yuk koeffitsientini hisoblashda nemis statistikasida qabul qilingan
quyidagi yosh guruhlari sxemasiga asoslangan:
Yosh guruhlari
Yosh tarkibi
progressiv
statsionar
regressiv
0-14
40
27
20
15-49
50
50
50
50 va undan
yuqori
10
23
30
12
bolalar (0-14 yosh);
mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (15-64 yosh);
qariyalar (65 yosh va undan yuqori).