4 Mavzu: Aholi yosh-jins tarkibi, mehnat resurslari va demografik siyasat Reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix05.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#124898
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 4




4 Mavzu: Aholi yosh-jins tarkibi, mehnat resurslari va demografik siyasat 
Reja: 
1. Aholining yosh va jinsiy tarkibi 
2. Aholining yosh-jins piramidasi va takror barpo bo’lishi 
3. Aholining keksayishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari 
U yoki bu alomatlar bo'yicha ma’lumotlar aholini ro’yxatdan o‘tkazishda 
va demografik hodisalarni hisobga olishda inobatga olinadi. Ushbu alomatlar 
bo‘yicha aholi tarkibi haqidagi umumlashgan ma’lumotlar tuziladi. Lekin, 
demograf uchun aholining takror barpo bo‘lishiga bevosita va bilvosita bog’liq 
bo

lgan aholi tarkibi va tavsiflari qiziqarlidir, chunki ulardagi o‘zgarishlar 
bevosita va eng katta ta’sir qiluvchilardir. Bunday tarkiblar, yuqorida 
aytilganidek, «demografik tarkiblar» deb yuritiladi. Demografik tavsiflar unchalik 
ko‘p emas: jins, yosh, nikoh va oilaviy holati, shuningdek, yuqorida aytilgan vital 
hodisalar tavsifi. Demografik o‘zgaruvchilar ichida birinchi o‘rinlar jins va yosh, 
oila (uy xo'jaligi) tavsiflariga tegishlidir. Demografik tarkiblar ichida esa 
aholining — jins, yosh va nikoh-oila tarkiblariga tegishli bo'lib, ular bilan biz 
quyida tanishib chiqamiz. Aholining nikoh va oilaviy tarkibi bilan esa «Nikoh va 
ajralishning demografik mohiyati» va «Oila va uning demografik taraqqiyoti» 
boblarida ko‘rib chiqiladi. Tanishishni, avvalo, aholining jinsiga ko‘ra tarkibdan 
bilan boshlaymiz. 
 
Aholining jinsiy tarkibi. Aholining jinsiy tarkibini o‘rganish muhim 
demografik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Aholining jinsiy tarkibini 
yoritishdan oldin «jins» tushunchasiga to‘xtalib o tamiz. 
Aholining 
jins 
tarkibi 
— aholining erkaklar va ayollarga 
taqsimlanishidir. Demografiyada jinsiy tarkibni tasavvur qilishning quyidagi 
ikkita yondashuvidan foydalaniladi: 
 Birinchisi, jami aholi yoki ayrim yosh guruhlaridagi erkaklar va 
ayollar mutlaq soni va ulushining oddiy hisobi; 



 Ikkinchisi, jami aholi yoki ayrim yosh guruhlaridagi erkaklar sonining 
ayollar soniga nisbati (yoki aksincha). 
Odatda, jinslar nisbati erkaklar sonining har 100 yoki 1000 ayolga to‘g‘ri 
keladigan nisbati orqali hisoblab chiqilishi bilan aniqlanadi (yoki kam hollarda 
ayollar sonining har 100 yoki 1000 erkakka to‘g‘ri keladigan nisbati ham 
olinadi). 
Aholining jins tarkibi uchta omilning birgalikdagi ta’siriga bog‘liq 
bo‘ladi: tirik tug'ilganlar orasidagi o‘g‘il bolalar sonining qiz bolalar soniga 
nisbati; differensial o‘lim darajasi, ya’ni turli yosh guruhlaridagi erkaklar va 
ayollar o‘rtasidagi o’lim darajasining farqi; migratsiya jadalligidagi jinslar 
farqi. Birinchi omil (jinslarning ikkilamchi nisbati) barcha aholi uchun 
amaliyotda bir xil va o‘zgarmasdir, shuning uchun bu yerda asosiy rollar 
differensial o‘lim darajasi va migratsiya jadalligidagi jinslar farqiga tegishli 
bo‘lib, ular mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liqdir. 
Demografiyada jinslar nisbatining birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi 
turlarini farqlash qabul qilingan. 
Jinslarning birlamchi nisbati ostida urig’lantirishdagi erkak garnet 
(homila) sonining ayollar soniga nisbati tushuniladi. Avvallari ushbu nisbat 
taxminan 100 ayol homilalariga nisbatan 125-130 erkak homilalari to‘g‘ri 
keladi, deb hisoblangan
1
. Lekin, XX asrning oxirgi o‘n yilliklarida ushbu dalilni 
shubha ostiga qo‘yadigan ma’lumotlar vujudga keldi. Jinslarning birlamchi 
nisbati bevosita hisoblanishi mumkin emas. Odatda jinslarning birlamchi 
nisbatini aniqlashda tirik tug‘ilganlar orasidagi jinsiy farqlar, ona qornidagi 
kech o

lim holati va tabiiy abortlar haqidagi ma’lumotlarni hisoblashga 
asoslangan bilvosita usuldan foydalanish qabul qilingan. Ushbu usuldan 
foydalanishga asoslangan maksimal baholashdagi jinslarning birlamchi nisbati 
170 ta erkak homilasiga 100 ta ayol homilasi to‘g‘ri kelishi aniqlangan, lekin 
odatda, ular 
1
Abdurahmonov Q., Abduramanov H. Demografiya. T.: Noshir, 2011. 73 b 



pastroq. Xususan, zamonaviy, qat’iy uslubiy ma’lumotlar ushbu ko'rsatkich 
kattaligini 115 ga teng kelishini ko‘rsatmoqda. Biroq, ushbu barcha baholashlar 
asosan mavhumiy tavsifga ega bo‘lib, bu tushib qolish ehtimoli katta bo’lgan 
urug‘lantirishning birinchi haftalari o‘lim xavfidagi jinslar farqi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarning yetarli bo‘lmaganligi bilan izohlanadi. 
Ayrim mualliflarning fikricha, homiladorlikning oxirgi bosqichlarida 
erkak homilalarining o’lim darajasi yuqori bo’lsa, ayol embrionlari uchun 
urug’lanlirishning birinchi haftalarida o‘lim xavfi yuqori bo‘lishi mumkin. 
Umuman olganda, hozirgi vaqtda homiladorlikning boshlang‘ich 
bosqichlarida jinslar farqidagi o‘lim darajasi to‘g‘risida yetarli darajadagi 
batafsil ma’lumotlar mavjud emas. Aytish joizki, jinslarning ikkilamchi nisbati 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, kech ona qornidagi o‘lim darajasini va tabiiy 
abortlari birlamchi jinslar nisbatiga nisbatan ekstropolyatsiya qilish mumkin 
emas. Muqobil yondashuvga asoslangan, X va Y xromosomalarga ega mos 
ravishdagi 
spermatozoidlar 
sonining 
nisbatini 
aniqlashga 
asoslangan 
tadqiqotlarning ko

rsatishicha, jinslarning birlamchi nisbatini 100 ga teng 
bo’lishi mumkinligini ta’kidlash imkonini beradi. 
Bugungi 
kunga qadar 
jinslarning 
birlamchi 
nisbatini 
bevosita 
hisoblashning imkoni mavjud emas. Homiladorlikning ikkinchi oyida erkak 
embrionlarining soni ayol embrionlarining soniga nisbatan katta bo‘lishi 
haqidagi dalil har qanday mulohazalardan xoli. Bu holat erkak urug‘lanishlar 
sonining yoki homiladorlikning birinchi bosqichlarida ayol embrionlarida o‘lim 
darajasining yuqoriligi bilan bog‘liq bo'lishi mumkin. Ushbu omillarning ta’siri 
ostida jinslarning ikkilamchi nisbati shakllanadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin