17
«quyidan keksayish» — bu tug‘ilishning
qisqarib borishi natijasida
aholining yosh tarkibida bolalar salmog‘ining kamayib, qariyalar
salmog‘ining esa ortib borishidir;
«yuqoridan keksayish» — bu tug‘ilishning
kamayishi sharoitida keksa
yoshdagi aholi o'rtasida o‘limning qisqarishi, tug'ilganda kutilayotgan hayot
davomiyligining uzayishi hisobiga qariyalar salmog‘ining ortib borishidir.
Aholi asosan tug‘ilishning kamayishi hisobiga qariydi, ya’ni «quyidan»
keksayish jarayoni sodir bo‘ladi. Shu bilan birga, hozirgi davrda rivojlangan G‘arb
mamlakatlari va Yaponiyada tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar tufayli qariyalar
orasida o‘lim holatlari keskin kamaydi va aholining o‘rtacha umr ko‘rish muddati
uzaydi. Buning natijasida aholining «yuqoridan» keksayish jarayoni boshlandi.
Aytish joizki, aholining keksayishi jarayonining rivojlanishi
qtiyidagi qator
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga olib keladi:
aholining iqtisodiy faolligini pasaytiradi;
pensiya jamg'armasi zimmasiga pensiyalar to‘lash harajatlarming benihoya
og‘ir
yuki tushadi;
qariyalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha mablag’ sarflash,
butun sog‘hqni saqlash tizimini sifatli tarzda
qayta qurishni talab qiladi;
hali ishlashni istaydigan «yosh qariyalarni» ish bilan ta’minlash-
nomoddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasining tuzilmasiga ta’sir
qiladi, ya’ni qariyalarning ehtiyojlariga muvofiq ravishda tovar va xizmatlar
assortimentini o‘zgartirishga tog’ri keladi.
Shunday qilib, aholining keksayishi aholi tarkibida qariyalar uhushining
ortishi hisobiga kelib chiqadi va mazkur muammoga dahldor bo’lgan
har bir
mamlakat o‘z iqlisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda keksalarning turmush
farovonligini oshirishga harakat qiimoqda.
Dostları ilə paylaş: