13
keng tarqalgan. Biz bu fikrni to‘g‘ri emas, deb hisoblovchilar fikriga qo‘shilamiz.
Bizningcha, keksalik kishida namoyon bo‘lgach, ular surunkali kasalliklarga tez-
tez yo‘liqadigan aholi guruhini tashkil etadilar, xolos. Chunki, inson
organizmining jismonan qarishi oqibatida kishining tashqi o‘zgarishlar va noqulay
holatlarga moslashishi susayadi va u tez-tez kasalliklarga chalinadigan bo‘lib
qoladi. Keksa kishi mehnatga layoqatsiz va o‘zgalar yordamiga muhtoj bo‘ladi.
Odatda, mehnatga layoqatli yoshdan katta bo‘lgan aholi pensiya yoshidagi
aholi hisoblanadi. Bu yosh chegarasidan boshlab
insonda jismoniy quvvatning
zaiflashuvi, ish qobiliyatining susayishi ro‘y beradi, uning ijtimoiy-iqtisodiy,
jamiyat va oiladagi mavqeida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham
iqtisodchilar aholining bu guruhini qariyalar guruhiga kiritadi.
Inson organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar: jismoniy quvvatning
zaiflashuvi, ish qobiliyatining susayishi, tashqi ta’sirlarga moslashish va javob
reaktsiyalarining sekinlashuvi va boshqalar 55-60 yosh chegarasidan yuzaga chiqa
boshlaydi.
Demak,
keksalik
davrining
boshlanishiga
shartli
ravishda
O‘zbekistonda belgilangan mehnatga layoqatli yoshning
eng yuqori chegarasini
asos sifatida olishni va mehnatga layoqatli yoshdan katta bo‘lgan aholi - 55 va
undan yuqori yoshdagi ayollar, 60 va undan yuqori yoshdagi erkaklarni qariyalar
guruhiga kiritish mumkin, deb hisoblaymiz,
So‘nggi yillarda inson umrining keksalik davrini tasniflash bo‘yicha xilma-
xil yondoshuvlar paydo bo'ldi. Masalan, gerontologlar tasnifiga ko‘ra, 60-74
yoshdagilar - qariyalar, 75-84
yoshdagilar - keksalar, 85 va undan yuqori
yoshdagilar - juda keksalardir, Butunjahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti tasnificha,
60-74 yoshdagilar - qariyalar, 75-89 yoshdagilar - keksalar, 90 va undan yuqori
yoshdagilar - uzoq umr ko'ruvchilar, deb hisoblanadi.
Bizningcha, bu mezonlarni dunyodagi barcha mamlakatlar aholisi uchun
tadbiq etib bo’lmaydi. Keksalik yoshini bunday davrlarga bo’lishda har bir
davlatdagi tug‘ilganda kutilayotgan hayot davomiyligi asos qilib olinishi lozim.
Chunki, hozirda aholisi o‘rta hisobda 35- 40 yil umr ko‘radigan mamlakatlar ham
bor. Masalan, dunyoda o‘rtacha umr davomiyligi 67 yil bo’lsa, Mozambikda - 40
14
yil, Afg‘onistonda - 43 yil, Zambiyada - 35 yil, O‘zbekistonda - 71,8 yil,
Norvegiyada - 80 yil, Yaponiyada - 82 yildan iboratdir.
XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida aholining yosh tarkibida sodir
bo‘lgan o‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki,
bu davr dunyoda, shu jumladan,
O‘zbekistonda ham aholi tarkibida bolalar ulushining kamayib, aksincha qariyalar
ulushining ortib borishi bilan tavsiflanadi. Bu hol, o‘z navbatida, aholining
keksayish jarayoni boshlanganligini ko‘rsatmoqda.
Demograf olimlar tomonidan aholining keksayish darajasini «qarish indeksi»
yordamida baholash taklif etilgan. «Qarish indeksi» tushunchasi fanga taniqli
demograf A.Sovi tomonidan kiritilgan. Fransuz
demografi qarish indeksini
mehnatga layoqatli yoshdan katta bo‘lgan aholi (qariyalar) sonining mehnatga
layoqatli yoshgacha bo‘lgan aholi (bolalar) soniga foizlarda hisoblangan nisbati
orqali aniqlashni va aholining keksayish darajasini baholashda hozirda jahonning
ko‘pchilik mamlakatlarida foydalanilayotgan quyidagi demografik mezonni taklif
qildi (6-jadval).
6-jadval
Dostları ilə paylaş: