4-mavzu. Bilish falsafasi(gnesologiya)



Yüklə 99,96 Kb.
səhifə5/17
tarix19.05.2023
ölçüsü99,96 Kb.
#117662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
4-MAVZU. BILISH-WPS Office

Sezgilar, bu shunday kanallarki, ularning vositasida odam qurshab turgan olam bilan bog’langan, olam haqida bevosita axborot olib turadi. Sezgilar abstrakt tafakkur amalga oshishining asosi bo’lgan ozuqadir.
Sezgi xissiy bilishning eng oddiy shakli, ob’ektivlik bilan sub’ektivlikning qorishmasidir, u manbai jihatidan ob’ektiv va u yoki bu sezgi a’zolarining tuzilishiga bog’lik holda shakli jihatidan sub’ektivdir. Garchi sezgi bilish uchun yagona kanal bo’lsada, birgina sezishning o’zi tashqi dunyoni butun yaxlitligi, chuqurligi va konkretligi bilan anglab olish uchun yetarli emas. Sezgi sub’ektga o’rganilayotgan ob’ektning ayrim tomonlari yoki xossalarini bilishga yordam beradi, ammo o’zining tabiiy cheklanganligi sababli ob’ektni yaxlit holida bilishga imkon bermaydi. Shuning uchun bilish sezishdan idrok qilish tomon boradi.
Idrok bu bir sezgi emas, u turli xil sezishlarning jamul-jami, kombinatsiyasidir. Biz idrok qilish orqali predmetning ayrim tomonlarini emas, balki uni yaxlit holda aks ettiramiz.
Masalan, sharsimon, yashil-qizil, yaltiroq, xushbuy, chuchuk-nordon narsalarni xis qilishlar birgalikda ongimizda olma obrazida assotsiatsiyalashadi.
Xissiy bilishning idrokdan keyingi bosqichi tasavvurdir. U sezishdan ham, idrok qilishdan ham sifat jihatdan farq qiladi. Tasavvur bu xissiy idrok bilan tushuncha o’rtasidagi oraliq bosqichdir. Sezish va idrok qilishdan farqli o’laroq, tasavvur endi sub’ekt bilan ob’ektning bevosita o’zaro ta’siri bo’lib chiqmaydi. Ilgari biron-bir hodisa yoki predmetni idrok etgan, ko’rgan odam ularning obrazlarini hatto ular bizning sezgilarimizga ta’sir etmagan taqdirda ham xotirlab, ko’z oldiga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, biz tasvirlashlariga asoslanib, masalan, ilgari o’zimiz hech qachon ko’rmagan tropik changalzorlarni tasavvur qila olamiz. Birok sezgi va idrokdan farqli o’laroq, tasavvur ilgari idrok etilgan predmetni gavdalantirar ekan, uning konkret-xissiy detallarining hammasini emas, balki faqat eng muhim, harakterli qismlari, tomonlari va belgilarini ifodalaydi.
Idrok — borliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit holda, bir butun ko’rinishda, ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos ettiruvchi hissiy bilishning nisbatan yuqoriroq shaklidir. Idrok — predmet va hodisalarning bir butun yaxlit hissiy obrazdir. U his qilish va sezgilar shakllaridagi obrazlami jamlab ifodalovchi xususiyatga ega. Biroq, insonning hissiy bilishi idroklar shakllarida yuzaga kelgan hissiy ma’lumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiy bilishning yangi, yuksak shaklini hosil qiladi. Bu — tasavvurdir.

Yüklə 99,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin