Tasavvur ilgari idrok etilgan, ammo, ayni vaqtda, bevosita idrok etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazdir. Tasawurning oziga xos xususiyati shundaki, u borliqdagi predmet va hodisalar bilan, ayni vaqtda, bevosita boglanishda bolmagan holda ularning ilgarigi paydo bolgan obrazlari asosida qayta tiklanishidir. Ammo inson oz tasawurida, shu bilan birga, oldin idrok etilgan predmet yoki hodisaga, ularga oxshash yangi predmet va hodisalarning hissiy obrazlarini ham hosil qilishi mumkin. Hissiy bilishning tasawur shaklida predmet va hodisalarning ikkinchi darajali, muhim bolmagan xususiyatlari tashlab yuborilib, faqat ayrim muhim xususiyatlarigina inikos etgan boladi. Shu tufayli, tasawur predmet va hodisalarni umumlashtirgan, mavhumlashtirgan darajada aniq hissiy shaklida inikos ettiradi. Bu jihatdan tasawurda, hech shubhasiz,tafakkuming bazi elementlari paydo boladi. Lekin, u hali hissiy bilish chegarasidan chiqib ketmagan boladi. Umuman olganda, insonning hissiy bilishi, malum darajada, cheklangan, bir tomonlama, toliq bolmagan bilishdir. Inson borliqdagi predmet va hodisalarning ichki tomonlarini, ularning ozgarish va rivojlanish qonunlarini, bir soz bilan aytganda, ularning mohiyatini faqat mantiqiy bilish orqaligina bila oladi. Mantiqiy bilish predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning borliqni aqliy bilishi bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni fikr shakllarida bilishdir. Aqliy bilish borliqdagi predmet va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, mavhumlashgan va konkretlashgan fikriy ifodalanishidir. Mantiqiy bilishda inson tafakkuri borliqdagi predmet va hodisalarning ichki boglanishlari va aloqadorliklarini, ulaming harakat, ozgarish va rivojlanish qonunlarining malum fikr shakllari hukm, tushuncha va xulosalarda ifodalaydi. Bunda hissiy bilish obrazlari tafakkur uchun material bolib xizmat qiladi. Tafakkur o:zida hissiy bilish bergan malumotlarni qayta ishlab, ularniumumlashtirib, mavhumlashtirib, ayni.bir vaqtda, aniqlashtirib, analiz va sintez qilib, aniqlikdan mavhumlikka va yana undan aniqlikka keltirib, malum hukmlar, tushunchalar va xulosalarni hosil qiladi.Tafakkur hosil qilgan aqliy bilishning bu fikriy shakllari tilda sozlar va gaplarda ifodalanadi. Aqliy bilishning dastlabki shakli hukmlardir. Hukm mantiqiy bilishning shunday fikriy shakliki, unda borhqdagi muayyan predmet va hodisalar, ular ortasidagi boglanish va aloqadorliklar haqida tasdiq yoki inkor fikr ifodalanadi-yu, inson oz tafakkurida bir yoki bir necha hukmlarni mantiqiy ozaro bogllab, turli usullar asosida ularning eng muhim xususiyatlarini ajratib olib, biror tushuncha hosil qiladi. Mantiqiy bilishning navbatdagi shakli tushunchadir. Tushuncha predmet va hodisalar, ularning muhim va zaruriy belgi va xususiyatlarining umumlashtirilgan, mavhumlashtirilgan va, ayni choqda,aniqlashtirilgan fikriy obrazidir. Masalan, ,,Inson tushunchasini olaylik. Bu tushuncha hamma kishilik jamiyatiga xos bolgan, mehnat qiluvchi, mehnat qurollari va mehnat vositalarini yaratuvchi hamda ular asosida moddiy va manaviy nematlarni ishlab chiquvchi, ong, tafakkur, til va nutq kabi muhim va zarur belgi va xususiyatlarga ega bolgan bioruhiy ijtimoiy mavjudotning fikriy ifodasidir.