4-mavzu. Bilish falsafasi(gnesologiya)



Yüklə 99,96 Kb.
səhifə8/17
tarix19.05.2023
ölçüsü99,96 Kb.
#117662
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
4-MAVZU. BILISH-WPS Office

Ratsional bilish. Ratsional, abstrakt-mantiqiy tafakkur hodisalar olamining qonuniyatli aloqalarini bilishga imkon beradi, bu esa insonga tashqi dunyoni bemalol tushunib olish va tevarak-atrofdagi voqelik hodisalari va jarayonlaridan o’z manfaatlari yo’lida foydalanish uchun zarurdir.
Ratsional bilishning asosiy shakli tushunchadir. Tushuncha bu tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish natijasidir, dunyoni o’rganish yakunidir. Tushunchalarning paydo bo’lish jarayoni o’rganilayotgan predmetning bir qator ikkinchi darajali alomatlari va xossalarini e’tiborga, hisobga olmaslik, ulardan chalg’ishdir, abstraktlashishdir. Tushunchaga ta’rif berish torroq tushunchani kengroq tushuncha ostiga qoyishdir. Masalan: olma meva, fil hayvon, Erkin odam, terak daraxt va hakozo. Tushunchalarning paydo bo’lishi bu biluvchi inson ongi faoliyatining oliy maxsulidir. Bilish jarayonida tushunchalarni ifodalabgina qolmasdan, balki ularni qo’llay bilish ham kerak. Tushunchalarni qo’shib biz hukm shakllantiramiz, hukmlarni bir-biri bilan qo’shib ulardan aqliy xulosa chiqaramiz.
Hukm tafakkurning shunday shakliki, unda inson narsani uning aloqalari va munosabatlarida ifodalaydi. Gnoseologik nuqtai nazardan, hukm bu biron bir narsani tasdiqlash yoki inkor etish yo’li bilan voqelikni aks ettirish shaklidir. Shu boisdan hukm tasdiqlovchi («hozir yomg’ir yog’moqda» kabi) yoki inkor etuvchi («bugun yomg’ir yog’maydi» kabi) hukmlarga bo’linadi. Agar biz ikki yoki bundan ko’proq hukmni bir-biri bilan tenglashtirib, taqqoslab, solishtirib ko’rsak, u holda biz yangi hukmga ega bo’lishimiz, ya’ni aqliy xulosa chiqarishimiz mumkin.
Aqliy xulosaning, mantiqiy natijaning chinakam to’g’ri bo’lishi uchun ikki shart zarur. Birinchisi: mantiq ilmida asoslar deb atalgan dastlabki hukmlar haqiqiy bo’lmog’i, ya’ni voqelikka mos kelmog’i lozim. Ikkinchisi: boshlang’ich asoslardan aqliy xulosa chiqarish jarayonining o’zi mantiq ilmining qonunlariga muvofiq to’g’ri bo’lmog’i lozim.
Dunyoni bilish bu nafaqat nazariy, balki hayotiy, amaliy jarayondir. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, insoniyatning amaliyoti bu insoniyatning tabiatni ongli ravishda va maqsadga muvofiq tarzda o’zgartirishga qaratilgan faoliyatidir, bu insoniyatning ijtimoiytarixiy sharoitlar bilan birga qaralgan mehnat jarayonidir. Amaliyot hamisha ijtimoiy harakterda bo’ladi, kishilar o’rtasidagi aloqa va munosabatlarsiz amaliyot bo’lishi mumkin emas. Amaliyot tarixiydir, u qurshab turgan tabiatni ham, insonning o’zini ham, kishilarning turmush sharoitini ham o’zgartirishdan iborat.
Gnoseologik kategoriya sifatida amaliyot sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasidagi shunday munosabatni ifodalaydiki, bunda sub’ekt ob’ektni biron-bir jihatdan o’zgartirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko’rsatadi. Amaliy faoliyat jarayonida, ob’ektning o’zgarishi ta’siri ostida sub’ekt ham o’zgaradi, uning amaliy qobiliyati va malakasi chuqurlashadi, fikrlash doirasi kengayadi, ongi va xotirasi boyiydi, dunyoqarashi o’zgaradi.
Amaliy bilishning oliy darajasi yani bilishning mezonidir. Bilish jarayoni ijtimoiy-tarixiy amaliyot natijasida va vositasida sodir bo’ladi. Kishilarning amaliy faoliyati o’zi o’zgartirishga qaratilgan ob’ektga va o’zi erishmoqchi bo’lgan maqsadga bog’liq holda turli shakllarda namoyon bo’ladi. Eng keng, falsafiy ma’noda, amaliy faoliyatdagi kishilarning ob’ektga nisbatan konkret-tarixiy birligi bo’lgan jamiyat amaliyot sub’ekti bo’lib chiqadi. Bunda ob’ektiv reallikning odamlar ta’sir o’tkazadigan tomoni esa amaliyot ob’ekti bo’ladi. Moddiy ishlab chiqarish va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi amaliyotning eng muhim shakllaridir.
Amaliyot nazariy bilimdan yuqori turadi. U nafaqat umumiylik, balki bevosita voqelik hislatiga ega. Amaliyotda asosiy qarama-qarshiliklar ideal qarama-qarshilik (sub’ektiv reallik sifatida) va moddiy qarama-qarshilik (ob’ektiv reallik sifatida) birga qo’shilishadi. Amaliyot bu voqelikni insoniyat oldida turgan maqsadlarga muvofiq tarzda uzluksiz o’zgartirish jarayonidir. Agar jamiyatda biron-bir amaliy ehtiyoj paydo bo’lsa, bu bilish jarayoniga o’nlab universitetlarga qaraganda ko’proq asos bo’ladi, chunki amaliyot ehtiyojlari ilmiy bilishning o’zini olg’a siljitadi.
Amaliyot bilish jarayoniga boshidan oxirigacha «amaliyot nazariya, yana amaliyot yana nazariya» tarzidagi formula boyicha kirib borib uni boyitadi. Amaliyotdan ajralgan bilish bo’lishi mumkin emas. Faqat amaliyotgina u yoki bu nazariyaning to’g’ri yoki noto’g’riligini ko’rsatib beradi. Amaliyot o’zgarmas emas, fan yutuqlari tufayli u doimo takomillashib, boyib va rivojlanib boradi. Bilish va amaliyot bir-biridan ajralmasdir. Amaliyot bilish haqiqatligining asosiy nuqtasi, harakatlantiruvchi kuchi, maqsadi va mezonidir.

Yüklə 99,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin