Bilish nazariyasining oziga xos shakllari. Xissiy bilish. Har qanday narsani, har qanday predmet yoki hodisani bilish fikr xissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jarayondir. Xissiy bilim, jonli mushohada insonning qurshab turgan dunyo bilan bevosita aloqasishaklidir. Xissiy anglash tashqi tasir energiyasining ong faktiga aylanishidan boshqa narsa emas. Usiz biz borliqning hech qanday shakllari haqida hech nima bila olmaymiz. Biz jonli mushohada yordamida atrofdagi vokelikning turli xossalari va tomonlarini bilib olamiz, lekin birgina xissiy obrazlar bilan ularning mohiyatini anglab ololmaymiz. Bunga sabab, eng avvalo, inson sezgi azolarining tabiiy cheklanganligidir. Masalan, odamning kozi elektromagnit tolqinlarning butun spektrini tolik idrok eta olmaydi, u elektromagnit tolqinlar spektrining infraqizil, ultrabinafsha va rentgen qismlarini sezmaydi. Bunday tabiiy cheklanganlik boshqa sezgi azolariga ham xosdir. Masalan, odamning qulogi tebranish chastotasi 16 dan 20 ming Gs gacha bolgan tovush tolqinlarini qabul qila oladi, yuqori chastotali yoki past chastotali tovush tolqinlarini eshitmaydi. Tabiiy sezgi azolari bilan idrok etib bolmaydigan hodisalarni maxsus yaratilgan suniy organlarorqali, yani mikroskop, radioteleskop, loqator, barometr, Geyger hisoblagichi va boshqa xil priborlar vositasida idrok etish mumkin. Bu priborlar xissiy bilish quvvatini ancha kengaytiradi va kuchaytiradi. Shu bilan birga xissiy bilish bizni yanglishtirib qoyishi mumkin koz chalgishi, sarob, xomxayol, koz gallyusinatsiyasi, tovush effekti va hakozolar. Falsafa tarixida yangi zamon mutafakkirlari barcha bilimlarning xissiy kelib chiqishi muammosiga yuqori darajada ahamiyat berganlar. Masalan, Jon Lokk materialistik sensualizm(lotincha sensus sezgi, sezish) prinsiplarini asoslab berar ekan, avval sezgida bolmagan narsa intellektda bolmaydi, shuning uchun kimki hech nimani sezmasa u hech nimani bilmaydi, deb yozgan edi.