4 –mavzu Falsafiy tafakkur tarakkiyot bosqichlari: G’arb falsafasi


XVIII asr Yevropa falsafasining ma’rifiy xususiyati



Yüklə 97,7 Kb.
səhifə5/21
tarix18.11.2022
ölçüsü97,7 Kb.
#69735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
4...- мавзу маруза матни

XVIII asr Yevropa falsafasining ma’rifiy xususiyati. Yevropada XVIII asr falsafasi XVII asr g’oyalarini davom ettiradi va rivojlantiradi. Bu davrda falsafiy tafakkur fan va ijtimoiy amaliyot sohasida erishilgan yutuqlarni umumlashtiradi. Falsafiy g’oyalar yanada kengroq targ’ib qilinadi, chunki XVII asrda falsafiy asarlar faqat lotin tilida yozilgan va ular bilan tanishish imkoniyatiga ega kishilar doirasi ancha tor bo’lgan; XVIII asrda faylasuflarning asarlari ular qaysi mamlakatda yashasa, shu mamlakat tilida yozilgan va nashr etilgan.
XVIII asr falsafasida tabiat hodisalarini tushuntirishga nisbatan qarashlarda materializm sezilarli darajada rivojlanadi. Fransuz materializmi olamshumul tarixiy ahamiyat kasb etadi: u o’rta asrlar sxolastikasiga qarshi chiqibgina qolmasdan, balki o’z dunyoqarashi va dunyoviy manfaatlarini ham asoslashga harakat qiladi.
Albatta, XVIII asr falsafasi bir jinsli emas: unda materialistik dunyoqarash mo’ljallari ham, idealistik dunyoqarash mo’ljallari ham, ateistik va deistik qarashlar ham mavjud. Aksariyat hollarda idealizm va materializm, din va fan yonma-yon turadi.
Shuni qayd etish lozimki, XVIII asr falsafasi avvalo ma’rifat falsafasi sifatida rivojlangan; qomuslar va lug’atlar, pamfletlar va boshqa nashrlarda ilmiy va falsafiy g’oyalar keng ommaga tushunarli tarzda atroflicha bayon etilgan.
Ma’rifat davri falsafasiga P.Gassendi (1592-1655) asarlari, uning atomistik materializmi, Epikur g’oyalari, shuningdek uning etikasi targ’iboti, sxolastikaning tanqidi, R.Dekart asarlari, P.Beyl (1647-1706) asarlarida diniy dogmatizm tanqidi zamin yaratdi.
XVII-XVIII asrlar Yevropa Ma’rifat falsafasiga ingliz ma’rifatchilari J.Lokk va D.Yum, XVII asr nemis ma’rifatchisi G.Leybnis, shuningdek buyuk olim I.Nyuton falsafasi ham kuchli ta’sir ko’rsatdi. XVIII asr Ma’rifat falsafasida ikki yo’nalish: Volter, Russo, Volf, Monteskye va boshqalarning deistik materializmi hamda Melye, Didro, Golbax, Gelvesiy, Lametri kabi olimlarning asarlarida Nyuton, Galiley, Dekartning materialistik tabiatshunosligi negizida deizm nazariy asoslarining tanqidi farqlanadi.
Fransuz ma’rifatchilarining atoqli namoyandasi Fransua Mari (Arue) Volter (1694-1778) falsafa tarixidan otashin publisist, Nyuton fizikasi va mexanikasi hamda Angliyadagi konstitusiyaviy tartib va muassasalarning targ’ibotchisi, cherkov, iyezuitlar, inkvizisiya tajovuzlaridan shaxs erkinligining himoyachisi sifatida o’rin oldi. Uning «Kandid», «Orlean qizi» asarlari, «Falsafiy lug’at», «Ensiklopediya»dagi maqolalari butun Yevropada keng tarqaldi.
Yevropa inqilobiy mafkurasining vujudga kelishiga mashhur «Ijtimoiy shartnoma» asarining muallifi Jan Jak Russo (1712-1778) ulkan ta’sir ko’rsatdi. Erkinlik hamda yuridik huquqlarning so’zsiz tengligiga asoslangan fuqarolik jamiyatining nazariy asosi hisoblangan bu asar Buyuk fransuz inqilobi davrida yakobinchilar uchun o’ziga xos dasturilamal bo’lib xizmat qildi.
Geografik determinizm asoschilaridan biri Sharl Lui Monteskye (1689-1755) jamiyatda tartib va axloqni saqlash uchun zarur bo’lgan dinning funksional roli konsepsiyasini rivojlantirdi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida ma’rifatchilik harakati keng demokratik qamrov kasb ketdi. Fransiyada bosh muharriri va tashkilotchisi D.Didro bo’lgan «Ensiklopediya» nashri atrofida jipslashgan ilg’or mutafakkirlar, olimlar va yozuvchilardan iborat «faylasuflar partiyasi» paydo bo’lgani to’g’risida so’z yuritila boshladi. Bu «faylasuflar partiyasi»da Didro bilan bir qatorda Gelvesiy va Golbax, shuningdek Lametri yetakchi rol o’ynadi. Ular materializmning faylasuflar va falsafiy maktablarning keyingi avlodlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan ancha rivojlangan shaklini yaratdilar.

Yüklə 97,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin