Gipertim tip - haddan tashkari aloqaga kirishuvchan, ko`p gapiradi, imo-ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko`pincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qo`yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi.
Distim tip - kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, uyda yolg`iz qolishni yoqtiradi.
Sikloid tip - kayfiyati tez o`zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda - gipertim, yomon paytda distim tipga o`xshab qoladi.
Qo`zg`aluvchan tip - muloqotda passiv, verbal va noverbal reaksiyalari sust, qaysar, ba`zan urushqoq, ko`pincha turli mojarolarning tashabbuskori.
Kuchaytiruvchi tip - kamgap, aql o`rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga erishishni hohlaydi, tez xafa bo`ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik-kichik muammolarni kattalashtirishga, bo`rtirishga moyil.
Pedant tip - ziddiyatlarga kam qo`shiladi, ko`pincha passiv holatda bo`ladi, atrofdagilarga ko`plab rasmiy talablar qo`yadi, tartibli, jiddiy ishonchli xodim.
Xavotirli tip - kamgap, odamovi, o`ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o`zini olib qochadi, tinchliksevar, o`z-o`zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.
Emotiv tip - tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradilar, xafa bo`lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, hamxo`r, ma`suliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi.
Namoyishkorona (demonstrativ) tip - muloqotga tez kirishadi, yetakchilikka intiladi,hokimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o`ziga jalb qila oladi, noyob tafakkurga, xulq- atvorga ega.
Ekzaltirlashgan tip- o`ta muloqotga kirishuvchan, ko`p gapiradi, qiziquvchan, do`stlari va yaqinlarga e`tiborli, boshqalarga yordam beradi, did-farosatli, samimiy.
Dostları ilə paylaş: |